O'zbekiston

Jizzaxda uch nafar voyaga yetmagan qiz hovuzda cho‘kib, vafot etdi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Jizzaxda uch nafar voyaga yetmagan qiz hovuzda cho‘kib, vafot etdi

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida uch nafar voyaga yetmagan qizning sun’iy hovuzda cho‘kib vafot etgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga tayanib, "Daryo" xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, hodisa 17-iyul kuni soat 13:00 atrofida tumanning “Paxtazor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaligi hududida sodir bo‘lgan. Tomchilatib sug‘orish tizimi uchun qazilgan sun’iy hovuzga cho‘milish maqsadida tushgan uch nafar qiz cho‘kib ketgan. Ularning ikki nafari 17, yana biri esa 15 yoshda bo‘lgan.

 

Marhumalarning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Dastlabki xulosaga ko‘ra, ularning o‘limiga yuqori nafas yo‘llarining suv bilan to‘silishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzacho‘l tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

So‘nggi oylarda respublikaning turli hududlarida suv havzalarida cho‘kish bilan bog‘liq fojiali hodisalar sodir bo'lmoqda. Xususan, Navoiy viloyatining Karmana tumanida Zarafshon daryosiga cho‘kib ketgan uch nafar fuqaroning jasadi qidiruv-qutqaruv ishlari davomida 10-iyul kuni topilgandi. Toshkentda Milliy gvardiya xodimi kanalda cho‘kayotgan ayolni qutqarishga urinib, halok bo‘lgandi. Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 42 yoshli fuqaro Qoradaryo daryosiga tushib ketgani oqibatida bedarak yo‘qolgandi. Namanganda 18 yoshli, Buxoroda 17 yoshli yigitlar ham suvda cho‘kib, halok bo‘lgandi. Iyun oyi boshida Farg‘ona viloyatida esa fermer xo‘jaligidagi membranali suv havzasida ham bir kishi cho‘kish oqibatida vafot etgandi.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.