O'zbekiston

Buxoroda 17 yoshli yigit kanalda cho‘kib halok bo‘ldi

Marhumning jasadi qidiruv ishlari natijasida bir kundan so‘ng suvdan olib chiqilgan.

Buxoroda 17 yoshli yigit kanalda cho‘kib halok bo‘ldi



Buxoro viloyatining Kogon tumanida kanalda cho‘milayotgan 17 yoshli fuqaro suvga cho‘kib halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.



Qayd etilishicha, 27-iyun kuni soat 14:50 da “112” tizimi orqali 2009-yilda tug‘ilgan fuqaroning Kogon tumani “Sorg‘un” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Shohrud kanalida cho‘milish vaqtida suvga cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushgan.



Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa kengligi 18–20 metr, chuqurligi esa 7–8 metr bo‘lgan kanalda sodir bo‘lgan.



Voqea joyida Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari hamda mahalliy fuqarolar ishtirokida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan. Natijada marhumning jasadi 28-iyun kuni soat 16:40 da topilib, suvdan olib chiqilgan.



Hozirda hodisa yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.



Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ham ikki nafar bola kanalga tushib ketishi oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"