O'zbekiston

O‘zbekistonda davlat tashkilotlari serverlariga kiberhujum uyushtirilgani aniqlandi

UzCERT hujumlar oqibatida ayrim tizimlardagi ma’lumotlar shifrlanganini ma’lum qilib, tashkilotlarni zudlik bilan kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.

O‘zbekistonda davlat tashkilotlari serverlariga kiberhujum uyushtirilgani aniqlandi

O‘zbekistondagi davlat tashkilotlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kompyuter hamda serverlariga RDP xizmati orqali ruxsatsiz kirishga qaratilgan ommaviy kiberhujumlar aniqlangan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazining UzCERT xizmati ma’lum qildi.

 

UzCERT tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida kiberhujumlarni boshqarishda foydalanilayotgan zararli C2 (Command and Control) infratuzilmasiga tegishli bir qator xorijiy IP-manzillar aniqlangan.

 

Dastlabki tahlillarga ko‘ra, hujumlar oqibatida ayrim tashkilotlarning axborot tizimlari zararlangan. Xususan, ba’zi server va kompyuterlardagi ma’lumotlar shifrlangani aniqlangan. Hozirda holatlar bo‘yicha o‘rganish va tahlil ishlari davom ettirilmoqda.

 

UzCERT tashkilotlarning kiberxavfsizlik uchun mas’ul xodimlarini RDP xizmatini zarurat bo‘lmasa vaqtincha o‘chirib qo‘yish yoki internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni cheklashga chaqirdi.

 

Shuningdek, RDP’ga faqat ishonchli IP-manzillar yoki VPN orqali kirishga ruxsat berish, Network Level Authentication (NLA) funksiyasini yoqish va 3389-portni internet uchun ochiq qoldirmaslik tavsiya etildi.

 

Administrator va RDP orqali kirish huquqiga ega foydalanuvchilar parollarini murakkab parollarga almashtirish, ko‘p faktorli autentifikatsiyani (MFA) joriy etish hamda firewall, IDS/IPS, SIEM, EDR/XDR kabi vositalar orqali tarmoq faolligini kuchaytirilgan tartibda monitoring qilish so‘ralgan.

 

Zararlanish alomatlari aniqlangan taqdirda axborot tizimini zudlik bilan tarmoqdan ajratish, hodisaning tarqalishining oldini olish va zarur dalillarni saqlab qolish lozim.

 

UzCERT aniqlangan kiberhodisa yoki tizim komprometatsiyasi alomatlari haqida belgilangan tartibda xizmatni zudlik bilan xabardor qilishni so‘ragan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"