O'zbekiston

Urganch — Xiva pullik yo‘lida yengil avtomobillar uchun yo‘l haqi 25 ming so‘m bo‘ladi

Trassa uchun yo‘l haqi to‘lash tizimi hozirda sinov rejimida ishlamoqda va 25-avgustdan to‘liq ishga tushadi.

Urganch — Xiva pullik yo‘lida yengil avtomobillar uchun yo‘l haqi 25 ming so‘m bo‘ladi

O‘zbekistondagi birinchi pulli avtomobil yo‘li — Urganch va Xivani bog‘lovchi trassada yo‘l haqi undirish tizimi hozirda sinov rejimida ishlamoqda. Tizim 25-avgustdan to‘liq ishga tushiriladi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi Spot.

 

Yo‘lda harakatlanish vaqti 45−50 daqiqadan 15−20 daqiqagacha qisqarishi kutilmoqda. Loyiha doirasida yerosti tunneli, 8 ta yo‘l o‘tkazgich, 15 ta ko‘prik va 106 ta suv o‘tkazuvchi inshoot qurilgan. Trassaning o‘tkazuvchanlik quvvati kuniga 30 mingdan ortiq avtomobilni tashkil etadi.

 

Yo‘l haqi avtomobillarni to‘xtatmasdan, elektron shaklda undiriladi. Transport oqimi va to‘lov tizimi sun’iy intellekt asosidagi raqamli yechimlar orqali boshqariladi.

 

Yengil avtomobillar uchun Xiva–Urganch yo‘nalishining to‘liq qismi bo‘yicha yo‘l haqi 25 ming so‘m etib belgilangan. “Turkmanli” mahallasidan Xivagacha bo‘lgan 28 kilometrlik qisqa yo‘nalish narxi esa 20 ming so‘mni tashkil qiladi.

 

3,5 tonnagacha bo‘lgan yengil yuk avtomobillari, 8 nafardan ortiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan avtobuslar hamda 3,5–12 tonnalik yuk avtomobillari uchun to‘liq yo‘nalish narxi 40 ming so‘m, qisqa yo‘nalish uchun esa 25 ming so‘m etib belgilangan.

 

Yo‘l haqi to‘lash tizimi 25-avgustdan to‘liq ishga tushiriladi. Shu sanadan boshlab mobil ilova Google Play va App Store platformalarida ham foydalanishga topshiriladi.

 

Foydalanuvchilar maxsus sayt orqali yo‘lning holati, tirbandliklar, taxminiy harakatlanish vaqti hamda ob-havo sharoitlari haqida ma’lumot olishi mumkin. Elektron hamyonni VIA xizmati yoki bank kartasi orqali to‘ldirish, shuningdek, har bir qatnovdan keyin to‘lovni balansdan avtomatik yechib olish funksiyasini yoqish mumkin.

 

Trassada maksimal tezlik 150 km/soat, qayrilishlarda esa 130 km/soat etib belgilangan. Minimal tezlik 40 km/soatni tashkil qiladi. Pulli yo‘lda piyodalar, mopedlar, ot-aravalar hamda tirkamali transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan. Qayrilib olish va to‘xtashga ham ruxsat berilmaydi.

 

Urganch–Xiva pulli avtomobil yo‘li qurilishi 2026-yil fevralida boshlangan. Loyihaning qiymati 120 million dollarni tashkil etadi. Trassa Xiva shahrini Urganch xalqaro aeroporti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘laydi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni yangi pulli avtomobil yo‘li orqali Xivadan Urganch xalqaro aeroportiga borgan.

 

O‘zbekistonda birinchi pulli avtomobil yo‘li sifatida foydalanishga topshirilayotgan mazkur trassa 25-avgustdan to‘liq faoliyat ko‘rsatishni boshlaydi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.