O'zbekiston

Toshkentda yo‘l haqi oshadi: yangi tariflar maʼlum qilindi

1 oktyabrdan jamoat transportida yo‘l haqi 47 foizga oshadi.

Toshkentda yo‘l haqi oshadi: yangi tariflar maʼlum qilindi



1-oktyabrdan boshlab Toshkent shahrida avtobus va metroda yo‘l haqi tariflari o‘zgaradi. Karta yoki onlayn to‘lov uchun amaldagi 1 700 so‘mlik tarif 2 500 so‘mga oshiriladi. Naqd puldagi yo‘l haqi esa 3 000 so‘m bo‘lib qoladi.



Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 25-sentyabrda qabul qilingan qarorida poytaxt jamoat transportida yo‘lkira tariflari belgilangan.



Qarorga ko‘ra, transport kartalaridan foydalanuvchilar uchun imtiyozli va bepul tariflar saqlanib qoladi. Jumladan, yo‘lovchi ATTO kartasi orqali avtobusda yo‘l haqini to‘lab, 60 daqiqa ichida boshqa yo‘nalishga o‘tsa, ikkinchi qatnov uchun 1 500 so‘m to‘laydi. Uchinchi va to‘rtinchi qatnovlar esa shu vaqt oralig‘ida bepul bo‘ladi.



Bir soatlik tarif doirasida metrodan bir marta foydalanish mumkin. Metrodan ikkinchi marta foydalanilganda, 60 daqiqalik hisob davri qaytadan boshlanadi.



Shuningdek, qatnovlar soniga qarab transport kartalari uchun kunlik va oylik tariflar ham belgilangan. Avtobusda bir kunlik tarif 11 500 so‘m, 30 kunlik tarif 250 ming so‘mni tashkil etadi. Metro uchun kunlik tarif 13 500 so‘m, oylik tarif esa 345 ming so‘m etib belgilangan.

custom img

5 ming dollarlik gashish: tezkor tadbirlarda 4 kishi qo'lga olindi

Farg‘ona va Namanganda 2 kg 643 gramm gashish moddasi musodara qilindi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi: jarohatlanganlar yo‘q

Hodisaga tormoz tizimidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

custom img

Toshkent viloyatida zilzila: silkinishlar 5 ta hududda sezildi

Silkinishlar Olmaliq, Piskent, Ohangaron, Nurafshon va Angren shaharlarida qayd etilgan.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"