Qirg’izistonda zilzila: Oʻzbekistonda ham sezildi
Oʻshda 5,2 magnitudali zilzila sodir boʻldi.

2026-yil 4-noyabr kuni soat 02:34 da Qirg‘iz Respublikasining O‘sh hududida 5,2 magnitudali zilzila qayd etildi.
Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Yer silkinishi O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezilgan.
Jumladan:
Andijon viloyatida — 2–3 ball;
Farg‘ona viloyatida — 2–3 ball;
Namangan viloyatida — 2 ball.
Zilzila episentri Toshkent shahridan 373 kilometr janubi-sharqda joylashgan.








