O'zbekiston

Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash: Samarqandda SHHT plyus ekspertlar muloqoti o‘tkaziladi

Unda 24 davlatdan 33 ta delegatsiya va 5 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash: Samarqandda SHHT plyus ekspertlar muloqoti o‘tkaziladi

 

2026-yil 5–6-noyabr kunlari Samarqand shahrida Xavfsizlik masalalari bo‘yicha SHHT plyus birinchi ekspertlar muloqoti bo‘lib o‘tadi.

 

«Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanishini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish» mavzusidagi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-polkovnik B. Qurbonov raisligida o‘tkaziladi.

 

Mazkur formatni tashkil etish tashabbusi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024-yilda SHHTning Ostona sammitida ilgari surilgan. 2025-yilda Tyantszinda bo‘lib o‘tgan SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishida ilk ekspertlar muloqotini Samarqandda o‘tkazish taklif qilingan edi.

 

Uchrashuvda SHHTga a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va muloqot bo‘yicha hamkorlar maxsus xizmatlari rahbarlari hamda vakillari, xalqaro tashkilotlar vakillari va taklif etilgan mehmonlar ishtirok etadi. Dunyoning 24 davlatidan 33 ta delegatsiya hamda 5 ta xalqaro tashkilot vakillarining kelishi kutilmoqda.

 

Muloqot davomida ilg‘or texnologiyalar va sun’iy intellektning zamonaviy tahdid hamda xavf-xatarlarga ta’siri muhokama qilinadi.

 

Tadbir yakunida delegatsiyalar rahbarlari raqamli transformatsiya davrida xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikning aniq vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishlari ko‘zda tutilgan.

Toshkentda Li 9 piyodani urib yubordi: erkak voqea joyida vafot etdi

Toshkentda Li 9 piyodani urib yubordi: erkak voqea joyida vafot etdi

41 yoshli erkak yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo'lgan.

10 yilgacha qamoq: O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurash choralari kuchaytiriladi

10 yilgacha qamoq: O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurash choralari kuchaytiriladi

Ekstremistik materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek, taqiqlangan tashkilotlar ramzlarini tarqatish uchun jarima yoki ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.

“Ijtimoiy reyestr”ga kiritish rad etildimi? Endi onlayn shikoyat qilish mumkin

“Ijtimoiy reyestr”ga kiritish rad etildimi? Endi onlayn shikoyat qilish mumkin

Murojaatlar 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

28 kun komada yotdi: Samarqandda tiriklayin ko‘milgan erkak vafot etdi

28 kun komada yotdi: Samarqandda tiriklayin ko‘milgan erkak vafot etdi

Gumonlanuvchilar 32 yoshli erkakni avval armatura bilan kaltaklab, so‘ng ovloq joyga olib borib ko‘mishgan.

Qirg’izistonda zilzila: Oʻzbekistonda ham sezildi

Qirg’izistonda zilzila: Oʻzbekistonda ham sezildi

Oʻshda 5,2 magnitudali zilzila sodir boʻldi.

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

5–6-noyabr kunlari Samarqandda raqamli transformatsiya davrida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

Amaliy tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va tarixiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik g‘oyalar bilan bog‘liq deb topilgan 2 057 ta internet manbasidan foydalanish taqiqlangan.