O'zbekiston

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi.

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

 

Farg‘ona va Andijon viloyatlarida “Umra” ziyoratiga borishni istagan fuqarolarning ishonchidan foydalanib, noqonuniy ravishda pul talab qilgan shaxslar aniqlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasining norasmiy ishchisi tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmagan holda ikki nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 2 500 AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining hududiy boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 2 450 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shunga o‘xshash holat Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ham qayd etilgan. Bu yerda noqonuniy faoliyat yuritayotgan turistik firma xodimi to‘rt nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 4 400 AQSH dollari talab qilgan.

 

DXX Andijon viloyati boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u otasi bilan birgalikda 4 300 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

U va kadastr idorasi mansabdori fuqarodan auksion orqali arzon narxda yer olib berish evaziga pul talab qilgan.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Markaziy bank tekshiruvlari natijasi: 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkiloti jarimaga tortildi

Markaziy bank tekshiruvlari natijasi: 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkiloti jarimaga tortildi

Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan oktabr oyida 43 ta masalani ko‘rib chiqildi.

“Oltin qalam” AQSHga ham yetib bordi: Vashingtonda taqdirlash marosimi o‘tkazildi

“Oltin qalam” AQSHga ham yetib bordi: Vashingtonda taqdirlash marosimi o‘tkazildi

AQSH poytaxtida Viktor Gotevbe va Jeyms Dursoga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolik guvohnomalari berildi.

“Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda egallagan hududlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi” —  Zelenskiy

“Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda egallagan hududlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Rossiya delegatsiyasi Donbassning Kiyev nazoratida qolayotgan hududlarini ham bosib olingan deb da’vo qilganini aytdi.

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

Xizmatlar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 14,2 foizga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

Ushrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.