“Oltin qalam” AQSHga ham yetib bordi: Vashingtonda taqdirlash marosimi o‘tkazildi
AQSH poytaxtida Viktor Gotevbe va Jeyms Dursoga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolik guvohnomalari berildi.

O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida “Diplomatic Watch” jurnali bosh muharriri Viktor Gotevbeni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda diplomatlar, jamoatchilik va ekspert doiralari vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov “Oltin qalam” xalqaro tanlovining 2021-yilda ta’sis etilgan “Xorijlik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali” nominatsiyasi ahamiyatiga to‘xtaldi.
Ushbu nominatsiya mamlakatimiz haqidagi xabar va materiallarning xalqaro axborot makonida ko‘payishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Marosim davomida Viktor Gotevbe hamda “The Hill” gazetasining jamoatchi muxbiri Jeyms Dursoga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolik guvohnomalari ham topshirildi.








