O'zbekiston

Markaziy bank tekshiruvlari natijasi: 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkiloti jarimaga tortildi

Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan oktabr oyida 43 ta masalani ko‘rib chiqildi.

Markaziy bank tekshiruvlari natijasi: 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkiloti jarimaga tortildi

 

O‘zbekiston Markaziy banki Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yil oktabr oyida o‘tkazilgan yig‘ilishlar yakunida oltita bank va ikkita mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, qo‘mita oktabr oyida jami olti marta yig‘ilish o‘tkazib, 43 ta masalani ko‘rib chiqqan va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilgan.

 

Ko‘rib chiqilgan masalalarning 23 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishiga taalluqli bo‘lgan. Jumladan, kredit tashkilotlari ustavlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, banklarda audit o‘tkazish huquqini beruvchi auditorlik malaka sertifikatlarini taqdim etish, mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish, to‘lov tashkilotlariga litsenziya berish masalalari muhokama qilingan.

 

Shuningdek, kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushga egalik qilish uchun ruxsat berish, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlar nomzodlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalar ham kun tartibidan o‘rin olgan.

 

Yig‘ilishlarda kredit va to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 20 ta masala ham ko‘rib chiqilgan. Xususan, Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlar talablariga rioya etilishi, bank hamda nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari natijalari, shuningdek, moliyaviy xizmatlarni “tartibga solish qumdoni” doirasida sinovdan o‘tkazish masalalari muhokama qilingan.

 

Prudensial normativlar va qonunchilik talablariga rioya qilmagani, shuningdek, inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun oltita bank va ikkita mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘llanilgan.

 

Bundan tashqari, yana bitta bank va bitta mikromoliya tashkiloti kelgusida ularga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

“Oltin qalam” AQSHga ham yetib bordi: Vashingtonda taqdirlash marosimi o‘tkazildi

“Oltin qalam” AQSHga ham yetib bordi: Vashingtonda taqdirlash marosimi o‘tkazildi

AQSH poytaxtida Viktor Gotevbe va Jeyms Dursoga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolik guvohnomalari berildi.

“Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda egallagan hududlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi” —  Zelenskiy

“Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda egallagan hududlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Rossiya delegatsiyasi Donbassning Kiyev nazoratida qolayotgan hududlarini ham bosib olingan deb da’vo qilganini aytdi.

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

Xizmatlar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 14,2 foizga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

Ushrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Yanvar–oktabr oylarida Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Jo‘mrakdan zanglagan suv oqsa, uni qisqa muddat oqizib yuborish, suv tiniqlashmasa, boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryo, Navoiy, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.