O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi
Xizmatlar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 14,2 foizga oshgan.

2026-yilning-yanvar–sentyabr oylarida mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi yanvar–sentyabrmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga oshdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 17,6 trln so‘mni tashkil etdi.
Xizmatlar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 14,2 foizga oshgan. Sog‘liqni saqlash xizmatlari tarkibida boshqa tibbiy xizmatlar 53,3 foizni, shifoxona muassasalari xizmatlari 32,3 foizni, shifokorlik amaliyoti va stomatologiya xizmatlari esa 14,4 foizni tashkil etgan.
Hududlar kesimida eng katta xizmatlar hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan — 8 trln so‘m. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (1,8 trln so‘m), Samarqand viloyati (1,3 trln so‘m) va Farg‘ona viloyati (1 trln so‘m) qayd etilgan.
Shuningdek, Namangan viloyatida 870,9 mlrd so‘m, Andijon viloyatida 796,9 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 609,2 mlrd so‘m, Xorazm viloyatida 591,7 mlrd so‘m va Qashqadaryo viloyatida 553,2 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 525,1 mlrd so‘mni, Surxondaryo viloyatida 442,4 mlrd so‘mni, Jizzax viloyatida 395,7 mlrd so‘mni, Sirdaryo viloyatida 307,5 mlrd so‘mni, Navoiy viloyatida esa 296,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.








