Yadroviy uruş boşlansa, AQŞ Kongressi qayerga yaşirinadi?
AQŞdagi haşamatli mehmonxonalardan biri — The Greenbrier ostida qariyb 30-yil davomida butun dunyodan yaşirilgan ulkan maxfiy bunker mavjud bölgan. U oddiy boşpana emasdi.

AQŞ KONGRESSI UÇUN QURILGAN YAŞIRIN BUNKER
1950-yillar. Dunyo ikki qudratli davlat – Amerika Qöşma Ştatlari va Sovet Ittifoqi örtasidagi keskin qarama-qarşilik davrini boşdan keçirayotgan edi. Ikkinçi jahon uruşidan keyin dunyoda yangi xavf paydo bölgan: yadroviy qurol. 1945-yilda Xirosima va Nagasakiga taşlangan atom bombalaridan keyin insoniyat bunday qurolning qanday vayronagarçilik keltirib çiqarişini anglab yetgandi.
Keyinçalik AQŞ va SSSR örtasida yadroviy qurollaniş poygasi boşlandi. Har ikki davlat tobora kuçliroq bombalar, uzoq masofaga uçadigan raketalar va yangi harbiy texnologiyalarni işlab çiqara boşladi. Amerika hukumati uçun esa xavf faqat şaharlarning vayron bölişi bilan çeklanmasdi. Agar Vaşington yadroviy zarbaga uçrasa, mamlakatning siyosiy boşqaruv tizimi nima böladi? Prezident, vazirlar va harbiy rahbarlardan keyin davlatning qonun çiqaruvçi hokimiyati qanday faoliyat yuritadi? Aynan şu savollar AQŞ rahbariyatini favqulodda rejalar işlab çiqişga majbur qildi.
1955-yilda prezident Duayt Eyzenxauer Mudofaa vazirligiga yadroviy hujum sodir bölgan taqdirda Kongress faoliyatini davom ettiriş rejasini işlab çiqiş topşiriğini berdi. Bu rejaning asosiy maqsadi — davlat boşqaruvining uzluksizligini ta’minlaş edi.
NEGA AYNAN MEHMONXONA TANLANDI?
AQŞ hukumatiga şunday joy kerak ediki, u bir vaqtning özida Vaşingtondan yetarliça uzoqda, ammo zarurat tuğilganda davlat amaldorlarini tezda yetkaziş mumkin bölgan hududda joylaşgan bölişi lozim edi. Şu maqsadda, AQŞ Armiyasi muhandislari korpusiga maxsus yerosti inşooti quriş uçun munosib joy topiş vazifasi yuklatildi. Natijada Ğarbiy Virjiniya ştatidagi White Sulphur Springs şaharçasida joylaşgan The Greenbrier mehmonxonasi tanlov uçun juda yaxşi tanlov edi. Bu qaror tasodifiy emasdi.
Birinçidan, mehmonxona Vaşingtondan taxminan tört-beş soatlik avtomobil yöli masofasida joylaşgan edi. Ikkinçidan, hudud nisbatan çekka va toğli bölib, bunday inşootni joylaştiriş uçun qulay hisoblangan. Uçinçidan, The Greenbrier AQŞ hukumati bilan avvaldan aloqador tarixga ega edi. Qiziği, bu mehmonxona Ikkinçi jahon uruşi davrida ham davlat ehtiyojlari uçun işlatilgan. 1942-yilda AQŞ armiyasi uni davlat ehtiyojlari uçun öz tasarrufiga olib, 2 200 örinli harbiy gospitalga aylantirgan. Keyinçalik u yana mehmonxona sifatida faoliyat yurita boşlagan.
1957–1958-yillarda loyiha amalga oşirila boşladi, asosiy quriliş işlari esa 1959-yilda avj oldi. Loyiha rasman mehmonxonaning yangi qanoti — West Virginia Wing qurilişi sifatida körsatildi. Taşqaridan qaraganda bu mehmonxonani kengaytiriş, yangi konferensiya va körgazma zallarini barpo etişga qaratilgan oddiy qurilişdek körinardi. Ammo yer ostida amalga oşirilayotgan işlar butunlay boşqa maqsadga xizmat qilardi.
Bunker qurilişida iştirok etgan işçilardan biri Rendi Uiklayn keyinçalik bu jarayonni eslab, quriliş maydoniga juda katta miqdorda beton taşilganini aytgan. Uning hisob-kitoblariga köra, Superior Supply kompaniyasi taxminan ikki yarim yil davomida quriliş maydoniga 4 ming marta beton yetkazgan. Jami 50 ming tonna atrofida beton işlatilgan.Bu raqamlar şunçalik katta ediki, hatto mahalliy aholi ham qurilişning haqiqiy maqsadi haqida savol bera boşlagan.
Mehmonxonaning yangi qismida 110 ta pissuar örnatilgan. Buni körgan ayrim quriliş va mehmonxona xodimlari şunça sanitariya uskunasi nima uçun kerakligini tuşunmagan.Aslida esa ular körgazma zali deb öylagan hududda kelajakda yuzlab kongressmenlar va xodimlar joylaşişi kerak edi.
Quriliş jarayonida yer qaziş, qalin temir-beton konstruksiyalar örnatiş, oğir pölat eşiklar va maxsus kommunikatsiyalar barpo etiş işlari olib borildi. Bunker oddiy panohgoh emasdi. U yerda odamlar nafaqat yaşirinişi, balki işlaşi, ovqatlanişi, tibbiy yordam olişi va mamlakat siyosiy boşqaruvini davom ettirişi rejalaştirilgan edi. Loyiha dastlab Project X nomi bilan yuritilgan. Keyinçalik Project Caspar va Project Greek Island nomlari ham işlatilgan. Bugun bu inşoot asosan Project Greek Island nomi bilan taniladi.
BUNKER QANDAY QURILGAN VA UNING IÇIDA NIMALAR BOR EDI?
1962-yilga kelib quriliş işlari yakunlandi. Natijada mehmonxona ostida uç qavatli, 153 ta xonadan iborat ulkan yerosti inşooti paydo böldi. U rasmiy ravişda Government Relocation Facility, ya’ni hukumatni köçiriş va joylaştiriş markazi deb atalgan. Bunker 535 nafar Kongress a’zosi va taxminan 565 nafar yordamçi xodimni qabul qilişga möljallangan edi. Umumiy hisobda qariyb 1 100 kişi uçun şaroit yaratilgan.
Eng qiziği, bu yerda AQŞ Kongressining ikkala palatasi — Vakillar palatasi va Senat uçun alohida majlis zallari qurilgan. Bundan taşqari, ikki palata birgalikda yiğiliş ötkazişi uçun ham maxsus zal mavjud bölgan. Ya’ni yadroviy hujumdan keyin ham Kongressning qonun qabul qiliş va davlat boşqaruvidagi vazifalarini davom ettirişi rejalaştirilgan.
Bunkerda 18 ta umumiy yotoqxona-dormitoriya bölgan. Ularda ikki qavatli temir karavotlar joylaştirilgan. Şaxsiy qulaylikdan köra, köproq odamni bir joyda joylaştirişga e’tibor qaratilgan. Bu yerda 400 kişilik oşxona, oziq-ovqat ombori, tibbiy markaz, operatsiya xonasi va alohida sanitariya hududlari ham taşkil etilgan.
Ammo bunkerning eng muhim qismlaridan biri uning mustaqil hayot ta’minoti tizimi edi. Unda alohida elektr stansiyasi, suv zaxiralari va havoni tozalaş tizimlari mavjud bölgan. Manbalarda 1 100 kişi uçun elektr ta’minoti taxminan 40 kunga, oziq-ovqat zaxirasi esa 60 kunga möljallangani qayd etiladi. Bu degani, taşqi dunyo bilan aloqa uzilgan taqdirda ham bunker ma’lum vaqt davomida mustaqil işlay olişi kerak edi.
Bundan taşqari, bu yerda televizion studiya ham taşkil qilingan. Uning orqa fonida AQŞ Kapitoliy binosini aks ettiruvçi dekoratsiya bölgan. Çunki mamlakatning boşqa hududlaridagi fuqarolarga Kongress faoliyati davom etayotganini körsatiş, davlat boşqaruvi butunlay izdan çiqmaganini namoyiş etiş muhim hisoblangan. Bu yerdagi eng muhim vazifa faqat siyosatçilarning hayotini saqlab qoliş emas, balki davlat institutlarining uzluksizligini ta’minlaş edi.
BUNDAY QANDAY QILIB 30 YIL SIR SAQLANDI?
Bunday ulkan inşootni qurişning özi katta iş edi. Ammo uni önlab yillar davomida sir saqlaş undan ham murakkab vazifaga aylandi. Axir bu yerda yuzlab odamlar joylaşişi kerak bölgan, doimiy ravişda texnik xizmat talab qiladigan va katta miqdordagi zaxiralar saqlanadigan inşoot bor edi. Hukumat bu muammoni ham öziga xos yöl bilan hal qildi.
Maxfiy bunkerga xizmat körsatiş uçun Forsythe Associates nomli kompaniyadan foydalanildi. Rasman bu kompaniya mehmonxonadagi televizorlar va audiovizual uskunalarga xizmat körsatiş bilan şuğullanardi. Ammo uning haqiqiy vazifasi butunlay boşqaça edi. Kompaniya xodimlari bunkerning texnik holatini nazorat qiliş, kommunikatsiya tizimlarini işçi holatda saqlaş va zarur zaxiralarni yangilaş bilan şuğullangan. Ularning rahbarlaridan biri Pol Fris Bugas edi.
Qiziği, mehmonxonaning boşqa xodimlari odatda bevosita mehmonxona ma’muriyatiga böysungan bölsa, Forsythe Associates xodimlari alohida taşkilot orqali iş yuritişgan. Ularning iş faoliyati ham oddiy televizor ta’mirlaş xizmatidan ança farq qilardi. Mehmonxona tarixçisi Robert Konte keyinçalik bu kompaniya faoliyatiga e’tibor qaratganini, biroq uning haqiqiy vazifasini darhol anglamaganini eslagan.
Bugun bu holatga nazar taşlasak, maxfiylikning eng qiziq tomoni şundaki, bunkerni yaşiriş uçun alohida harbiy baza quriş şart bölmagan. Aksinça, u odamlar doim kirib-çiqadigan mehmonxona infratuzilmasi içiga joylaştirilgan edi. Mehmonlar yuqorida dam olişar, golf öynaşar, konferensiyalarda qatnaşişardi. Ularning ostida esa butunlay boşqa maqsadga xizmat qiluvçi inşoot tayyor holatda saqlanardi.
Bu sirni saqlaşda mahalliy aholining ham roli bölgan. White Sulphur Springs aholisining bir qismi qurilişning ğayrioddiyligini sezgan, turli taxminlar va miş-mişlar tarqalgan. Ammo bu haqda begona odamlarga gapirmaslik odatga aylangan. 2024-yilda Smithsonian jurnali e’lon qilgan tarixiy suriştiruvda ham mahalliy aholining öşa davrdagi sukut saqlaşi va sirni yillar davomida muhokama qilmasligi alohida qayd etilgan.
BUNKER HAQIQATAN HAM IŞLATILGANMI?
1962-yil 16-oktyabr. AQŞ prezidenti Jon Kennediga Sovet Ittifoqi Kubada yadroviy raketa joylaştirgani haqidagi aniq fotosuratlar taqdim etildi. Şu tariqa tarixda Kuba raketa inqirozi nomi bilan qolgan eng xavfli xalqaro qarama-qarşiliklardan biri boşlandi. Dunyo bir neça kun davomida yadroviy uruş xavfi ostida yaşadi.
Qiziği, The Greenbrier bunkeri aynan şu sanada qurilişi yakunlangan edi. Bu tasodifiy vaqt mosligi edi, ammo tarixiy jihatdan juda ramziy holat. Bunker AQŞ Kongressini yadroviy hujumdan keyin joylaştiriş uçun tayyorlangan bölsa-da, u yerga Kongressning töliq tarkibi heç qaçon evakuatsiya qilinmagan. Ya’ni inşoot özining asosiy vazifasi böyiça amalda sinovdan ötmagan.
Biroq bu uning faoliyatsiz qolganini anglatmaydi. Forsythe Associates xodimlari butun davr mobaynida inşootni işçi holatda saqlaşga mas’ul bölgan. Bu yerda oziq-ovqat va boşqa zaxiralar yangilangan, texnik tizimlar tekşirilgan, elektr va aloqa uskunalari nazorat qilingan. Bunkerning asosiy maqsadi — eng oğir vaziyat yuzaga kelgan taqdirda ham AQŞ Kongressi faoliyatini davom ettiriş uçun tayyor turiş edi.
1990-yillarga kelib dunyodagi siyosiy vaziyat özgara boşladi. Sovet Ittifoqi parçalandi, Sovuq uruş tugadi. Bir vaqtlar yadroviy töqnaşuv xavfi ostida yaşagan ikki qudratli davlat örtasidagi qarama-qarşilik avvalgi darajada emasdi. Ammo The Greenbrier ostidagi maxfiy bunker hamon mavjud edi. Uning haqiqiy vazifasi haqida esa keng jamoatçilik bilmasdi.
Hammasi 1992-yilda özgardi. The Washington Post gazetasi jurnalisti Ted Gap uşbu obyekt haqida ma’lumot olişga kirişdi. Unga bunker mavjudligi haqida noma’lum manbadan ma’lumot kelib tuşgan edi. Jurnalist mehmonxonaga bordi, mahalliy aholi bilan gaplaşdi, turli odamlardan ma’lumot töpladi va nihoyat bu sirning ortida nima turganini aniqlaşga muvaffaq böldi.
Uning suriştiruvida quriliş jarayoni, maxfiy kompaniya, bunkerning içki tuzilişi va u yerda kimlar joylaştirilişi rejalaştirilgani haqida ma’lumotlar e’lon qilindi. Qiziği, mehmonxonaning öşa vaqtdagi tarixçisi Robert Konte jurnalist bilan suhbatda bunday obyekt mavjudligini tasdiqlamagan. Ammo Ted Gapning qölidagi ma’lumotlar şunçalik jiddiy ediki, u bu inkorlarga işonmagan. 1992-yil 29-mayda The Washington Times ham bunker haqida material e’lon qildi. Ikki kundan keyin, 31-mayda esa The Washington Post gazetasining The Ultimate Congressional Hideaway nomli suriştiruvi çop etildi.
Şu tariqa AQŞ hukumati qariyb 30-yil davomida sir saqlab kelgan inşootning mavjudligi butun mamlakatga ma’lum böldi. Eng muhimi, jurnalistik suriştiruv faqat bunker borligini emas, balki uning asl vazifasini ham oçib berdi: u AQŞ Kongressining barça a’zolari va ularning yordamçi xodimlari uçun möljallangan edi. Bunkerning mavjudligi ommaga ma’lum bölganidan keyin uning asosiy ustunligi — maxfiyligi yöqoldi. Axir bu obyektning xavfsizligi faqat qalin beton devorlar va oğir pölat eşiklarga emas, balki uning aniq manzilini ehtimoliy duşman bilmasligiga ham boğliq edi.
Agar Sovet Ittifoqi yoki boşqa duşman davlat bu manzilni oldindan bilsa, u holda bunkerning harbiy ahamiyati keskin kamayişi mumkin edi. Şu sababli AQŞ hukumati obyektni foydalanişdan çiqarişga qaror qildi. 1995-yilda Mudofaa vazirligi bunkerni rasman faoliyatdan töxtatdi va maxfiylik maqomini bekor qildi. Hukumatning mehmonxona bilan ijara munosabatlari ham yakunlandi.
Şundan keyin bir vaqtlar eng maxfiy davlat obyektlaridan biri bölgan inşoot yangi vazifaga ega böldi. 1995-yilda mehmonxona öz mehmonlariga bunkerni körsatişni boşlagan. 1996-yil fevral oyida bunker keng jamoatçilik uçun ekskursiyalarga oçilgan. 2006-yilda ta’mirlaş işlaridan keyin ekskursiyalar qayta yölga qöyilgan.
Bugun The Greenbrier mehmonxonasiga taşrif buyurgan sayyohlar bir vaqtlar butun boşli davlat sirini saqlagan yerosti inşootini körişlari mumkin. U yerdagi yotoqxonalar, majlis zallari, tibbiy xonalar, oğir eşiklar va texnik tizimlar hali ham ötmişdagi maxfiy loyihaning qanday körinişda bölganini namoyiş etadi.








