O'zbekiston

1 mlrd so‘mlik kredit qarzi sabab uy xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, qarzdor MIB tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat davomida ijro hujjati talablarini bajarmagan.

1 mlrd so‘mlik kredit qarzi sabab uy xatlandi

Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor M.R.dan undiruvchi bank foydasiga 1 milliard 848 million 486 ming 961 so‘m qarzdorlikni undirish hamda undiruvni qarzdorning garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulkiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.



Mazkur ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga belgilangan tartibda ogohlantirish berilgan. Shuningdek, ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarishi uchun qonunchilikda belgilangan muddat berilgan.



Biroq qarzdor berilgan ixtiyoriy muddat davomida ijro hujjati talablarini bajarmagan.



Shundan so‘ng davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy ijro harakatlari olib borilib, qarzdorning garovdagi ko‘chmas mulki xatlandi.



Ayni vaqtda xatlangan ko‘chmas mulkni elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilingan. Mazkur mulk belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.