Gulistonda 995 dona tamaki mahsuloti yoqib yuborildi
Sud qarori bilan ular isteʼmolga yaroqsiz va muddati o‘tgan deb topilgan.

Joriy yilning 23 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Guliston shahar bo‘limi tomonidan sud hujjati ijrosini taʼminlash borasida navbatdagi ijro harakatlari amalga oshirildi.
Xususan, jinoyat ishi bo‘yicha sud qaroriga asosan bir guruh shaxslar tomonidan muomalaga kiritish uchun yurtimizga olib o‘tishga uringan 995 dona «EGP 20 nicotin» nomli tamaki mahsulotlari - sud qarori bilan isteʼmolga yaroqsiz va muddati o‘tganligi uchun ashyoviy dalil deb topilgan.
Byuro xodimlari tomonidan tashkilotlar vakillari ishtirok etib, tamaki mahsulotlarini yo‘q qilish ishlari amaldagi qonunchilik talablari va belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq tashkil etildi va mahsulotlar yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
Amalga oshirilgan mazkur ijro harakati natijasida sud qarorida belgilangan talablar ijrosi taʼminlanib, 995 dona tamaki mahsuloti belgilangan tartibda yo‘q qilindi.







