Toşkent ilk bor “Samoviy nafosat” kubogiga mezbonlik qiladi
“Humo Arena”da 10 dan ortiq mamlakat gimnastikaçilari iştirokida xalqaro badiiy gimnastika musobaqasi bölib ötadi.

2026-yil 5–6-dekabr kunlari Toşkentdagi “Humo Arena” majmuasida xalqaro “Samoviy nafosat” kubogi badiiy gimnastika musobaqasi ötkaziladi.
Turnirda 10 dan ortiq mamlakat vakillari — sportçilar, murabbiylar va hakamlar iştirok etadi.
Musobaqada 2011-yilda va undan oldin tuğilgan senior toifasidagi gimnastikaçilar yakkalik köpkuraşi, alohida maşqlar hamda guruh dasturlari böyiça bellaşadi. Dasturdan arğamçi, çambarak, töp, bulavalar va tasma bilan bajariladigan maşqlar örin olgan.
Özbekiston şarafini köp karra Osiyo çempioni Tahmina Ikromova, Anastasiya Sarantseva hamda guruh maşqlari böyiça ikki jamoa himoya qiladi.
Ma’lumot uçun, “Samoviy nafosat” kubogi 2021-yilda Moskvada taşkil etilgan. Keyingi yillarda musobaqa Pekin (2023, 2025) va Doha (2024) şaharlarida ötkazilgan. 2026-yilda esa turnirni ötkaziş huquqi ilk bor Toşkentga berilgan.








