Tatar xalqi mehmonlarni hafa qilishni gunoh deb hisoblaydi
16 iyun kuni Tatariston Respublikasining Prezidenti Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Maʼlum bo‘lishicha, O‘zbekistonda Tatariston Prezidentining "Tatariston-O‘zbekiston" biznes forumi, ishbilarmon doiralar bilan uchrashuvi, “TEXNOPARK” MCHJga, "Rossiya – Islom dunyosi" strategik vizion guruhining kun tartibidagi ishlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shuningdek, tashrif doirasida Rustam Minnixanov anʼanaviy ravishda mahalliy tatar jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Keling, ushbu tashrif bahonasida O‘zbekistonda yashaydigan tatarlar hayotiga bir nazar tashlaymiz.
Mamlakat aholisining bir foizi
Hozirgi kunda O‘zbekistonda eng yirik xorijiy diasporalaridan biri — tatarlardir. Maʼlumotlarga ko‘ra, 2016 yilda respublika aholisining soni 32,5 milliondan oshgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda taxminan 300 ming nafarga yaqin tatarlar istiqomat qilishmoqda, ular mamlakat aholisining 1 foizga yaqinini tashkil etadi.
Bugungi kunda www.tatarlar.uz axborot portali mavjud bo‘lib, 2 tilda (rus, tatar) faoliyat yuritadi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda “Tatarlar” nomli bir qancha guruhlar mavjud.
Tatar urf-odatlari, to‘ylari, oshxonasiga nazar solamiz. Tatar millati vakillari bilan yaqindan tanishamiz.
Tatar anʼanalari

Tatar anʼanalarida yorqin ranglar muhim o‘rin tutadi. Ular uy va hovlini bezashda ham yorqin ranglardan foydalanadi. Qo‘l mehnati juda qadrli bo‘lib, ko‘pincha rangli kashtado‘zlik bilan shug‘ullanishadi. Islom dini odamlar va hayvonlarning tasvirlarini tushirishga ruxsat bermaydi, shuning uchun sochiq, choyshab, adyol, yo‘llar va hokazolarda mavjud bo‘lgan geometrik naqshlardan foydalanishadi. Shu kabi qo‘l mehnati buyumlari bilan tatarlar butun dunyoga mashhur bo‘lishgan.
Tatar oilalarida oilada erkak boshliq bo‘lib, uning so‘zi muhim hisoblanadi. Tatar oilalarida onaning o‘rni muhim, bola tarbiyasi ayolga ishoniladi. Tatarlarda ham o‘zbeklar kabi kattaga hurmatda bo‘linadi. Ko‘plab qarashlari o‘zbeklar bilan o‘xshash.
Tatarlar mexmondo‘stligi, bolajonligi bilan juda mashhur. Kelgan mehmonni xafa qilib jo‘natish katta gunoh deb hisoblaniladi.
Tatar oshxonasi tarixi

Tatarlar milliy oshxonasining shakllanishiga qo‘shni xalqlarning yaqinligi, shuningdek, Sharqni G‘arb bilan bog‘lagan Buyuk Ipak yo‘li sezilarli taʼsir ko‘rsatgan.
Shuning uchun tatar oshxonasi ko‘chmanchi va qo‘shni xalqlarning turli taomlarini to‘plab, sezilarli darajada o‘zgartirgan. Qadim zamonlardan beri, asosiy taomnomasi palov, sharbat, holva, choy, quritilgan mevalar, ziravorlar, yong‘oq, va guruch kabilarni o‘z ichiga olgan.
Tatarlarda go‘shtning eng qimmatbaho anʼanaviy turlari ot go‘shti va qo‘zichoq bo‘lib, kamroq darajada mol go‘shti keng tarqalgan. Go‘sht tuzlangan, dudlangan, quritilgan, qaynatilgan, qovurilgan, bir so‘z bilan aytganda, har qanday shaklda tanovul qilinadi.
Sut, qimiz yoki ayron kabi tetiklashtiruvchi dorivor ichimliklar tayyorlanadi. Shuningdek, turli sut mahsulotlari: sho‘r pishloqlar, qattiq, smetana va tvorog doim isteʼmol qilinadi.
Tatar oshxonasida don mahsulotlari katta o‘rin tutadi, un va xamirdan ko‘plab milliy taomlar tayyorlanadi.
Tatar milliy taomlari

Anʼanaviy tatar taomlari xamir taomlar va turli xil plombalarga asoslangan.
Tatar issiq ovqatlaridan “Bishbarmak”, “tokmach”, “Azu tatar ichida”, “Kyzdyrma”, “katlama” juda mashhur.
Bundan tashqari “Echpochmak” (tatar tilidan tarjima qilingan "ECH" - uch-son "pochmak" – burchak maʼnosini anglatadi), “Peremyachi” ( yumaloq shaklga bo‘lib, juda to‘yimli va mazali bo‘ladi), “qistibi” (xamirturushsiz xamirdan tayyorlanib, ichida kartoshka pyuresi bo‘ladi), hamda “Balesh” juda mashhurdir.
Tatar shirinliklari “Chak-chak”, “Gubad” (nachinkasi mayiz, quritilgan o‘rik va o‘rik iborat bo‘lib, tatar oshxonasida eng mazali shirinliklardan biridir.), akshaya sharma (tuxum va shakar bilan ko‘pirtirilgan xamirturush xamir va qaymoqdan iborat juda nozik, mazali tort), koymak (har qanday un turidan tayyorlanishi mumkin: bug‘doy, suli, no‘xat, grechka, yog‘, krem, asal yoki murabbo bilan tanovul qilinadi).
Tatar oshxonasini o‘rganar ekanmiz, ularning o‘zbek oshxonasi bilan o‘xshash tomonlari ko‘p ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, “Beshmarmoq”, “Chak-chak”, “Do‘lma”, “Qatlama” o‘zbek oshxonasining ham sevimli taomlaridan.
Tatar to‘ylari

Tatarlar asosan musulmon bo‘lib, islom qonunlariga ko‘ra to‘y o‘tkazilishini taqozo etadi. Qadimgi xalqning boy milliy urf-odatlari tatar to‘yini o‘ziga xos va qiziqarli qiladi.
Tatar xalqi o‘z urf-odatlarini va o‘ziga xos marosimlarini saqlab qolgan kuchli milliy ruhga ega bo‘lgan juda qadimiy madaniyatga egadir. Tatarlarning tantanali marosimlari uzoq vaqtdan beri o‘ziga xos tarzda o‘tkazilib kelinadi. Ular xotirjamlik, farovonlikka jiddiy eʼtibor berishadi, ko‘p bolalik esa oilani mustahkamlaydi deb hisoblashadi.
XX asrning boshlarida tatarlar kelinni o‘g‘irlab ketish, qizning kuyovga ixtiyoriy ravishda borishi kabi to‘ylar bo‘lgan. Bugungi kunda nikoh qurish odatiy holga aylandi. Nikohning bu shakli, qizning kuyovga ixtiyoriy ravishda ketishi va kelinni o‘g‘irlab ketishidan farqli o‘laroq, marosimga qatʼiy rioya qilish bilan ajralib turadi.
To‘y tartibiga kuyovning qarindoshlaridan kelinning ota-onasiga taklif kelib tushgach va to‘y paytida sovg‘alar soni va sifati – qalin to‘y vaqtida muhokama qilinadi. Kuyovning qarindoshlari kelin uchun to‘lovni to‘lashi kerak bo‘lgan sovg‘alar ro‘yxatida bosh kiyim, poyabzal, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechak, to‘shaklar albatta kiritiladi. Bundan tashqari, kuyov taraf kelinni to‘yga tayyorlash va to‘y kuni uchun oziq-ovqat mahsulotlari hamda pul berish kerak. Shu bilan birga kuyov to‘y kuni kelinga qimmatbaho sovg‘a – tilla buyumlar hadya qilishi shart. To‘ydan keyin kuyov tomon kelinga turli sovg‘a-salomlar beradi.
Shahnoza Xoliqova







