Jamiyat

O‘zbekistonda nikoh barqarorligi qay darajada?

Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida nikoh barqarorligi saqlangan, lekin Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida ajrimlar soni yuqori.

O‘zbekistonda nikoh barqarorligi qay darajada?

2025-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil etgan. Bu har 1000 ta nikohga o‘rtacha 175 ta ajrim to‘g‘ri kelishini anglatadi. Bu haqda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur ko‘rsatkich xalqaro miqyosda past bo‘lib, mamlakatda ajrimlar darajasi ko‘plab davlatlarga nisbatan ancha kamligini bildiradi.

 

Taqqoslash uchun, nikoh barqarorligi koeffitsiyenti Moldovada – 642,7, Ozarbayjonda – 431,9, Qozog‘istonda – 328,2, Qirg‘izistonda esa – 289,6 promilleni tashkil etadi. 

 

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida nikoh barqarorligi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Aksincha, Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida ajrimlar nisbatan yuqoriroq ekani kuzatiladi.

 

“Tahlillardan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda ajrimlar darajasi xalqaro ko‘rsatkichlarga nisbatan ancha past bo‘lib, bu jamiyatda oilaviy qadriyatlar ustuvor ekanini va nikohlar barqarorligini ko‘rsatadi”, deyiladi xabarda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"