Jamiyat

Shvetsiya migratsiya qonunchiligini buzgan o‘zbekistonliklarni deportatsiya qildi

20 nafar O‘zbekiston fuqarosi charter reys bilan Toshkentga yetib keldi.

Shvetsiya migratsiya qonunchiligini buzgan o‘zbekistonliklarni deportatsiya qildi

Migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi Shvetsiyadan charter reys orqali Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqarolarning ortga qaytishi O‘zbekiston va Shvetsiya vakolatli organlarining muvofiqlashtirilgan hamkorligi natijasi bo‘ldi. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida barcha tashkiliy va huquqiy tartib-taomillar, jumladan, fuqarolarni identifikatsiya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish va xavfsiz tashishni ta’minlash masalalari tezkorlik bilan kelishib olindi.

 

“O‘zbekiston migratsiya masalalari, jumladan, migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish va xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarni doimiy ravishda davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.

 

Avvalroq 1-may kuni AQSHdan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan 26 nafar fuqaro qaytarilgandi. Pokistonda 21 yil noqonuniy yashagan ayol 2-may kuni O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari ko‘magida vatanga olib kelingandi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"