O'zbekiston

Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi

 

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi dori preparatlari aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.


Maʼlum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Farg‘ona tumani Log‘on mahallasida joylashgan xonadon ko‘zdan kechirilgan.

 

                                           



Tekshiruv davomida ushbu manzilda yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli 993 gramm “gashish”, 212 gramm “Alfa-PVP” narkotik moddasi, shuningdek, 2728 dona “Regapen” va 458 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

                                           



Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent–Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Spark” rusumli avtomobil Chust tumani hududida to‘xtatilib tekshirilgan.



Natijada, unda ketayotgan Namangan shahrida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan shaxs hamda Davlatobod tumanida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan fuqarodan 1 kilogramm 127 gramm “opiy” moddasi olingan.

 

                                         


Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"