Jamiyat

Maktab o‘quvchilari YTH sodir etdi: qurbon bor

Cobalt boshqaruv yo‘qotilishi natijasida yo‘ldan chiqib ketgan.

Maktab o‘quvchilari YTH sodir etdi: qurbon bor

Navoiy viloyati Karmana tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, voqea 22-aprel kuni soat 21:00 atrofida tumanning Malik mahallasida bo‘lgan. Cobalt avtomobilida 22-umumta’lim maktabining ikki o‘quvchisi bo‘lgan. Mashina yo‘ldan chiqib ketib YTH yuz bergan.

 

Natijada 9-sinf o‘quvchisi I.H. shifoxonada vafot etgan. 11-sinf o‘quvchisi esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

 

Shundan so‘ng YHXB maktabda yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mashina shifoxonadagi o‘quvchining otasiga tegishli bo‘lgan. Biroq u rulni sherigiga berganini aytgan. Mashinani kim boshqarganini aniqlash uchun ekspertiza tayinlanishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"