Jahon

Rossiyada migrantlar soni bir yil ichida 5,7 millionga kamaydi

O‘tgan yil boshiga nisbatan bu ko‘rsatkich 10 foiz kam hisoblanadi.

Rossiyada migrantlar soni bir yil ichida 5,7 millionga kamaydi

 

2026-yil boshiga kelib, Rossiyada istiqomat qiluvchi xorijiy fuqarolar soni 5,7 millionga kamaydi, bu o‘tgan yilga nisbatan 10 foizlik kamayish demakdir. Bu haqda “Vedomosti” nashri Ichki ishlar vazirligi Migratsiya xizmati tahlil bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Perejogin maʼlumotlariga tayangan holda xabar berdi.

 

Pasayishning asosiy sabablari sifatida qonunchilikning qatʼiylashishi va bolalar uchun taʼlim talablari ko‘rsatilgan. 2025-yildan boshlab rus tili imtihonidan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan migrantlarning farzandlarini Rossiya maktablariga qabul qilish taqiqlangan. Ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volkning aytishicha, farzandlariga asosiy umumiy taʼlim bera olmagan chet elliklar mamlakatga kirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

 

Mutaxassislar taʼkidlashicha, migratsiya qonunlarining qattiqlashuvi, shuningdek nazorat ostidagi shaxslar reestrining joriy etilishi va vizasiz qolish muddatlarining qisqarishi ham chet elliklar sonini kamaytirishga taʼsir ko‘rsatmoqda. Endilikda, vizasiz qolish muddati bir kalendar yili davomida 90 kundan oshmasligi talab qilinadi.

 

Rossiya hukumati 2024-yildan boshlab immigratsiya siyosatini kuchaytirib, xorijiy ishchilarni jalb qilish orqali ishchi kuchi yetishmovchiligi muammosini hal qilish choralarini ko‘rmoqda. Shu bilan birga, xorijiy turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Rossiya fuqarolari uchun vaqtinchalik yashash ruxsatlarini olish jarayoni cheklangan.

custom img

Putin ham Xitoydan quruqqoʻl bilan qaytdi

Rossiya rahbari Vladimir Putin ham Trampdan keyin Xitoyga tashrif buyurdi. Tahlilchilarning fikricha, Putin tashrifi Trampnikidan boshqacha bo‘lgan. Ikki yetakchi uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tgan. Ammo, The Moscow Times nashrining yozishicha, Putin Xitoyda qizil gilamda kutib olgan bo‘lsa-da u ham biror kattaroq natijaga erisha olmagan.

custom img

AQSH Isroilni Eron bo‘yicha muzokaralardan chetlashtirdi — NYT

Nashrga ko‘ra, bu holat saylovlar oldida turgan Netanyaxuga siyosiy zarba berishi mumkin.

custom img

Dunyoda 2008-yilgi iqtisodiy inqiroz takrorlanishi mumkin

AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik energiya bozoriga bevosita ta’sir qilmoqda.

custom img

Tramp singlisiga suiqasd rejlashtirgan iroqlik qo‘lga olindi

Iroq fuqarosi bo'lgan Muhammad Bagir Donald Trampning qizi Ivanka Trampga qarshi suiqasd uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

AQSh Ebola xavfi tufayli ayrim “green card” egalari uchun mamlakatga kirishni vaqtincha chekladi

Avval bunday cheklovlar yashil karta egalari uchun amal qilmagan.

custom img

AQSh “Grin karta” olish tartibini keskin kuchaytirdi

Fuqarolik va Immigratsiya xizmati yangi qoidalar noqonuniy immigratsiyani kamaytirishga xizmat qilishini bildirdi.

custom img

Xitoydagi ko‘mir konida yuz bergan portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Portlash paytida kon hududida jami 247 nafar ishchi bo‘lgan.

custom img

Tramp Eron mojarosi sabab o‘g‘lining to‘yida qatnashmaydi

AQSh prezidenti Eron bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qilish uchun Oq uyda milliy xavfsizlik yig‘ilishi o‘tkazdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"