Jahon

Dunyoda 2008-yilgi iqtisodiy inqiroz takrorlanishi mumkin

AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik energiya bozoriga bevosita ta’sir qilmoqda.

Dunyoda 2008-yilgi iqtisodiy inqiroz takrorlanishi mumkin

 

Bloomberg nashrining manbalarga tayanib xabar berishicha, konsalting kompaniyasi Rapidan tahlilchilari global neft bozori keskin beqarorlik sharoitida 2008-yilgi moliyaviy inqirozga o‘xshash xavfli ssenariy yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

 

Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, asosiy suv yo‘li iyul oyi boshida qayta ochilishi mumkin bo‘lsa-da, bu davrda global neftga bo‘lgan talab kuniga o‘rtacha 2,6 million barrelga qisqarishi ehtimoli bor.

 

Shu sharoitda Brent markali neft narxi yoz oylarida bir barrel uchun 130 dollargacha ko‘tarilishi mumkinligi aytilmoqda.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, agar ta’minotdagi uzilishlar avgustgacha davom etsa, uchinchi chorakda global neft tanqisligi kuniga 6 million barrelgacha yetishi ehtimoli mavjud. Bu esa bozorni uzoq muddatli bosim ostida qoldirishi mumkin.

 

Mutaxassislar, shuningdek, joriy geosiyosiy keskinliklar — xususan AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatlar — energiya bozorida inflyatsion bosimni kuchaytirayotganini ta’kidlamoqda.

 

Rapidan tahlilchilarining qayd etishicha, hozirgi makroiqtisodiy vaziyat 1970-yillar yoki 2007–2008-yillardagi kabi chuqur emas, biroq neft narxlarining keskin oshishi global moliyaviy xavflarni sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.