O'zbekiston

Qurbon hayiti arafasida Toshkent avtovokzalidan 55 ta qo‘shimcha reys yo‘lga qo‘yildi

Yo‘lovchilar sonidan kelib chiqib, qo‘shimcha reyslar soni yana oshirilishi mumkin.

Qurbon hayiti arafasida Toshkent avtovokzalidan 55 ta qo‘shimcha reys yo‘lga qo‘yildi

Qurbon hayiti arafasida Toshkent avtovokzalidan qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, bayram kunlari arafasida yo‘lovchilar oqimi keskin oshgani sabab Toshkentdan Sirdaryo orqali voha viloyatlariga qatnovchi avtobus yo‘nalishlari soni kengaytirilgan. Hozirda mavjud 65 ta doimiy yo‘nalishga qo‘shimcha ravishda yana 55 ta reys tashkil etilgan.

 

Mas’ullar fuqarolarga uyidan chiqmagan holda telefon yoki maxsus platformalar orqali chiptalar mavjudligini tekshirish hamda ularni onlayn xarid qilish imkoniyati yaratilganini bildirgan. Shuningdek, yo‘lovchilar sonidan kelib chiqib, qo‘shimcha reyslar soni yana oshirilishi mumkin.

 

Bayram kunlari xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida YPX xodimlari kuchaytirilgan tartibda xizmat olib boradi. Haydovchilar bilan o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarda esa yo‘l kira narxlarini sun’iy oshirmaslik, qatnov oldidan yetarlicha dam olish hamda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qaror imzolangandi. Hujjatga ko‘ra, 2026-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 27-may — chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"