Jahon

AQSH Isroilni Eron bo‘yicha muzokaralardan chetlashtirdi — NYT

Nashrga ko‘ra, bu holat saylovlar oldida turgan Netanyaxuga siyosiy zarba berishi mumkin.

AQSH Isroilni Eron bo‘yicha muzokaralardan chetlashtirdi — NYT

AQSH ma’muriyati Isroilni Eron bilan olib borilayotgan muzokaralardan amalda chetlashtirgan. Bu haqda The New York Times Tel-Avivdagi amaldorlarga tayanib xabar berdi, deya yozmoqda RIA Novosti.

 

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil rasmiylari Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralar haqida yetarli ma’lumot olmayapti. Shu sababli ular muzokaralarga oid tafsilotlarni mintaqadagi diplomatlar, siyosiy aloqalar hamda Eron ichidagi kuzatuvlar orqali yig‘ishga majbur bo‘lmoqda.

 

Amerikalik amaldorlarning aytishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni harbiy ittifoqchi sifatida ko‘rsa-da, Eron bilan muzokaralarda yaqin siyosiy hamkor deb hisoblamaydi. NYT’ning yozishicha, Isroilning roli “teng huquqli sherik” maqomidan ikkinchi darajali ishtirokchi darajasiga tushib qolgan.

 

Gazeta bu holat Netanyaxu uchun siyosiy jihatdan og‘ir zarba bo‘lishi mumkinligini qayd etgan. Chunki u joriy yilda murakkab qayta saylov kampaniyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

Shu bilan birga, AQSH Davlat departamenti iyun boshida Isroil va Livan o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qilgan. O‘t ochishni to‘xtatish rejimi saqlanayotganiga qaramay, Isroil armiyasi Livan hududiga zarbalar berishda davom etmoqda. “Hizbulloh” harakati esa bunga javoban chegara hududidagi isroillik harbiylarga hujum qilmoqda.

 

The Wall Street Journal’ning yozishicha, Donald Tramp Eronga qarshi yangi harbiy zarbalarni hozircha kechiktirib, diplomatik muzokaralarni davom ettirishni ma’qul ko‘rgan. Fars agentligi esa Vashington mojaro yakunlanishi uchun Tehronga beshta shart qo‘yganini bildirgan. Qayd etilishicha, ushbu talablar Eron tomonining pozitsiyasiga zid hisoblanadi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.