Putin ham Xitoydan quruqqoʻl bilan qaytdi
Rossiya rahbari Vladimir Putin ham Trampdan keyin Xitoyga tashrif buyurdi. Tahlilchilarning fikricha, Putin tashrifi Trampnikidan boshqacha bo‘lgan. Ikki yetakchi uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tgan. Ammo, The Moscow Times nashrining yozishicha, Putin Xitoyda qizil gilamda kutib olgan bo‘lsa-da u ham biror kattaroq natijaga erisha olmagan.

19-20-may kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Xitoyga bordi. Rossiya rahbari Vladimir Putin ham Trampdan keyin Xitoyga bordi. Tahlilchilarning fikricha, Putin borishi Trampnikidan boshqacha bo‘lgan. Ikki yetakchi uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tgan.
Ammo, The Moscow Times nashrining yozishicha, Putin Xitoyda qizil gilamda kutib olingan bo‘lsa-da u ham biror kattaroq natijaga erisha olmagan.
Biroq, Rossiya delegatsiyasi savdo-sotiqdan tortib texnologiyagacha bo‘lgan sohalarda hamkorlikni mustahkamlovchi 40 ga yaqin kelishuvlarni imzolagan bo‘lsa-da, ko‘pdan beri kechikayotgan "Sili Sibir -2" gaz quvuri bo‘yicha yirik shartnomani bu gal ham imzolashga erisha olmagan.
Ekspertlarning chorshanba kuni The Moscow Times nashriga ma’lum qilishicha, Putinning tashrifi aniq amaliy natijalar (shartnomalar) jihatidan kamtarona kechgan bo‘lsa, Rossiyaning eng muhim hamkorliklaridan birining naqadar dolzarb ekanini ko‘rsatish bilan buning o‘rnini qopladi.
“Muayyan ma’noda, bu ko‘proq ramziy ma’nodagi tashrif bo‘ldi, ammo tashqi siyosat va katta siyosatda ramzlar juda katta ahamiyatga ega”, — deydi Karnegi Rossiya Yevroosiyo markazi ilmiy xodimi Temur Umarov.
The New York Times nashrining yozishicha, Putin Si Szinpin yo‘qligida hazil aralash, ushbu tashrif bundan 54 yil avval Mao Szedun “butun dunyoni Amerika imperializmiga qarshi kurashishga chaqirgan” kunda bo‘lib o‘tayotganini aytgan. So‘ngra Rossiya rahbari Moskva va Pekin kuchlarni kimgadir "qarshi" emas, balki faqat o‘z manfaatlari va global uyg‘unlik yo‘lida birlashtirayotgani haqidagi doimiy tezisni takrorladi.
“Biz hamma bilan, jumladan, dunyodagi hamkorlarimiz, xususan, Qo‘shma Shtatlar bilan ham hamkorlik qilishga tayyormiz”, — degan Putin uchrashuv oldidan.
Tashrif davomida Si va Putin o‘zlarini Vashington tufayli tartibsizlikka yuz tutgan dunyoda barqarorlikni ushlab turuvchi kuch sifatida ko‘rsatishga harakat qilishgan.
Xitoy davlat OAVga ko‘ra, Si Szinpin Putinga: “Bir tomonlama gegemonlik to‘lqini avj olmoqda”, — degan.
Bu joriy yilda Eronda urush boshlagan, Venesuela rahbarini qo‘lga olgan va Kubaga asosiy neft yetkazib berish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan Qo‘shma Shtatlarga sha’ma edi.
Nimalar kutilgan edi?
Rossiya yetakchisining Pekinga rasmiy tashrif buyurishidan oldin rus mediasida uchrashuv xonalari va imzolanadigan shartnomalarning ko‘pligi aks etgan video tarqatilgan edi. Putinning tashrifi nihoyasiga yetdi tomonlar 40 ga yaqin hujjatni imzolashdi, jumladan “Ko‘p qutbli dunyo va yangi turdagi xalqaro munosabatlarni shakllantirish to‘g‘risidagi” qo‘shma deklaratsiya, shuningdek, “Har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida”gi qo‘shma bayonot qabul qilindi.
Qariyb 10 ming so‘zdan tashkil topgan mazkur bayonot yadroviy xavfsizlikdan tortib Amur yo‘lbarslarini himoya qilishgacha bo‘lgan masalalarni qamrab olgani aytilmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi asosiy masala – “Sila Sibiri –2” gaz quvuri qurilishi bo‘yicha kelisha olmagan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitry Peskov loyihani ishga tushirishning aniq muddati yo‘qligini tan oldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat yo‘nalish va asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha umumiy kelishuv bor, xolos. Muhim tafsilotlar hamon ochiq qolmoqda. Aslida esa bu quvurni qurish va barcha masalalarni hal qilish uchun kamida 8-10 yil vaqt kerak bo‘ladi. Pekin hozircha yangi quvur qurishdan ko‘ra, amaldagi “Sila Sibiri – 1” orqali ko‘proq gaz olishni afzal ko‘ryapti.
Yangi gaz quvuri orqali yetkazib berilishi rejalashtirilgan Rossiya gazi narxi qancha bo‘lishi ham noma’lum. Federatsiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Rossiya va Xitoy yetkazib berish shartnomalarini rasmiylashtirishni yakunlayotganini ma’lum qildi.
Xalqaro munosabatlarni o‘zgartirishga harakat
Xitoy rahbari Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarni butunlay to‘xtatishga chaqirdi va hujumlarni qayta boshlashni qabul qilib bo‘lmas xato deb atadi. Hozirgi vaqtda Tramp ma’muriyati Eronni Hurmuz bo‘g‘ozini qayta ochishga majburlash uchun o‘tgan oy e’lon qilingan sulhdan beri to‘xtab turgan zarbalarni qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Sining aytishicha, Yaqin Sharqdagi notinchlik Xitoy iqtisodiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. chunki Pekin neft importining qariyb 40 foizi Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. Shuningdek, bo‘g‘ozning yopib qo‘yilishi Xitoy iqtisodiyotining bosh harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan global savdoni vayron qilishi mumkinligidan xavotirlar ortib bormoqda.
Xitoy va Rossiya tashrif davomida e’lon qilingan qo‘shma hujjatlarda AQSH yetakchiligidan keyingi yangi dunyo tartibi haqidagi qarashlarini ma’lum qilishgan. Unda davlatlarga ko‘proq tenglik va o‘zaro hurmat va’da qilinadi, vaholanki bu tamoyillar Moskvaning Ukrainaga bostirib kirishi va Pekinning Osiyodagi harbiy kuch namoyishlariga mutlaqo zid chaqiriq hisoblanadi.
Ikki davlat xalqaro munosabatlarda “jungli qonunlari”ga qaytishdan birgalikda ogohlantirdi. Ular AQSh nomini tilga olmagan holda, rejimni o‘zgartirish maqsadida suveren rahbarlarning “suiqasd bilan o‘ldirilishi” va “surbetlarcha o‘g‘irlab ketilishi”ni, shuningdek, “boshqa davlatlarga nisbatan xoinlik bilan harbiy zarbalar berilishi”ni qoraladilar.
Ular, shuningdek, Trampning “Oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimini qurish rejasini “strategik barqarorlikka ochiq tahdid” deb atashdi hamda AQSh va Isroilning Eronga bergan zarbalari xalqaro huquqni buzganligini ochiqdan-ochiq bayon qilishdi.
Putinning aytishicha, Xitoyning 2022-yilda boshlangan Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha pozitsiyasi “obyektiv va xolis” deb atalgan.
Putin Trampdan farqli o‘laroq Tayvanni Xitoyning bir qismi sifatida ko‘rishini va Xitoyning “o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish, shuningdek, mamlakatni birlashtirish bo‘yicha” harakatlarini qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qilgan.
“Dunyoda faqat bitta Xitoy bor, Tayvan uning ajralmas qismi, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati esa butun Xitoyni ifodalovchi yagona qonuniy hukumatdir”, – deyiladi Putin va Si o‘rtasidagi qo‘shma bayonotda.
Putin va Si Szinping Amerikaning raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratish bo‘yicha yangi loyihasiga qarshi chiqdi. Gap “Oltin gumbaz” loyihasi haqida ketmoqda – bu AQShning butun hududini, jumladan, Alyaska va Gavayi orollarini to‘liq himoya qilishi kerak bo‘lgan ko‘p bosqichli tizimdir. Bu loyihani Donald Tramp 2025-yil may oyida taqdim etgan edi. Rossiya va Xitoy “Oltin gumbaz”ni “strategik barqarorlikka tahdid” deb atadi.
Putinning Pekinga tashrifi Trampning tashrifidan bir hafta o‘tmay amalga oshirildi. AQSh prezidentining Xitoy rahbari bilan muzokaralarida savdo munosabatlari bo‘yicha yutuqqa erishilmagan va u Eron bilan mojaroni hal qilishda sezilarli yordam ololmagandi. Putin va Trampni deyarli bir xil qabul qilishdi – Si Szinpin ularga deyarli bir xil marosimlar uyushtirdi. Reuters agentligi ikkala tashrif ham Xitoy va uning rahbari qudrati ortib borayotganini ko‘rsatgani haqida yozgan.
Siyosatshunos Muxtor Nazirovning aytishicha, bu qo‘shma bayonotda tomonlarning “Oltin gumbaz” kabi mudofaa qurolini yaratish ehtimoli kam. Rossiyada hozirgi vaqtda bu darajada ko‘p pul sarflay olmaydi. Xitoy esa o‘zi xohlab “sovuq urushga” qo‘shilib keta olmaydi.
Ruslar chinliklarda yetarlicha taassurot qoldirolmagan
Karnegi Rossiya Yevroosiyo markazi direktori Aleksandr Gabuyevning fikricha, Rossiya delegatsiyasi 2014-yilda “Sibir quvvati”ning birinchi quvuri bo‘yicha 4 kun tuni bilan davom etgan va tomonlar yakuniy formulaga kelishib olgan muzokaralar takrorlanishidan umid qilgan edi.
“Bu global bozordagi inqiroz nuqtayi nazaridan ular kelishuvga eng yaqin kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat edi, lekin menimcha, xitoyliklarda bu u qadar katta taassurot qoldirmadi. Yoki ruslar taklifni yetarlicha jozibali qila olishmayapti”, — dedi Gabuyev.
Putin anchadan beri Vashington, Pekin va Moskva dunyoni o‘zlari boshqaradigan, AQSH qolganlar ustidan gegemonlik qilmaydigan, balki uch yirik va teng kuch sifatida harakat qiladigan dunyo tartibini ilgari surib keladi.
“Uch yirik davlat o‘rtasidagi so‘nggi munosabatlar Xitoy va Rossiya hamkorligi Qo‘shma Shtatlarning jarayonlarga jalb etilishi uchun yangi makon yaratishi mumkinligini ko‘rsatmoqda”, — dedi Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti qoshidagi Rossiya tadqiqotlari markazi professori Chjan Sin.
“Ko‘p qutbli dunyoning qurilishi AQShni butunlay chetlab o‘tishni anglatmaydi; u faqat muayyan gegemonlik harakatlarini rad etadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Putinning tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, Putin va Tramp noyabr oyida Xitoyning Shenjen shahrida, ehtimol, mintaqaviy iqtisodiy forum doirasida uchrashishi mumkin. Ushakov, shuningdek, Rossiya “yaqin haftalarda” Trampning tinchlik muzokaralari bo‘yicha maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushnerni qabul qilishni kutayotganini aytdi.
Siyosatshunos Muxtor Nazirov fikricha Rossiya qo‘lida Xitoyni ishontira oladigan daraada ishonarli kartalari bo‘lmagan. “Sili Sibir -2” loyihasi esa ko‘proq kimning manfaatiga xizmat qiladigan degan savolga esa Rossiyaning bu loyihadan umidlari katta degan javobni berdi.
Si Xitoyning tashqi siyosiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan (bojlar, texnologik cheklovlar va Tayvanni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarda) Tramp bilan aloqalarni mustahkamlashga ham katta e’tibor qaratmoqda. Xitoyning ham Trampni, ham Putinni qabul qilish marosimi Si Szinpin olib borayotgan ana shu nozik muvozanat siyosatini aks ettirdi.
Putin uchun to‘shalgan qizil gilam marosimi Trampnikiga o‘xshash bo‘ldi: faxriy qorovul ko‘rigi, 21 martalik to‘pdan o‘q uzish va olqishlayotgan bolalar guruhi.
Trampni aeroportda Xitoy vitse-raisi Xan Chjen kutib olgan bo‘lsa, Putinni Xitoyning bosh diplomati Van I kutib oldi. Vashingtondagi Stimson markazining Xitoy dasturi direktori Yun Sunning fikricha, Xan Chjen lavozimiga ko‘ra yuqoriroq mulozim hisoblansa-da, Van Yi tashqi siyosatda ancha faolroq rol o‘ynaydi.
Ushakov dushanba kuni bergan bayonotida, Tramp va Putinning Xitoyga tashriflari o‘rtasida "hech qanday bog‘liqlik" yo‘qligini aytdi. Ushakovning ta’kidlashicha, Rossiya yetakchisining tashrifi oldindan kelishib qo‘yilgan va bu reja Putin hamda Si 4-fevral kuni video-konferensiya orqali muloqot qilganidan bir necha kun o‘tib belgilangan.
Pekinda joylashgan "Center for China & Globalisation" (Xitoy va globallashuv markazi) tahlil markazi bosh kotibi o‘rinbosari Van Sichen vaziyatni shunday baholadi:
"Trampning tashrifi dunyodagi eng muhim ikki tomonlama munosabatlarni barqarorlashtirishga qaratilgan edi; Putinning tashrifi esa uzoq yillik strategik hamkorni tinchlantirish (ishonch bag‘ishlash) xarakteriga ega edi". Van, shuningdek: "Xitoy uchun ushbu ikki yo‘nalish bir-birini inkor etmaydi", — deya qo‘shimcha qildi.
Putin tashrifi esa, bundan farqli o‘laroq, sezilarli darajada yaqin va hatto qadrdonlik ruhida o‘tdi.








