O'zbekiston

“Ikki stul orasida o‘tirishga uringan odam qattiq yiqiladi”: Medvedev Pashinyanni ogohlantirdi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Yerevanning YOIIdagi imtiyozlarni saqlab qolgan holda YIga yaqinlashishini tanqid qildi.

“Ikki stul orasida o‘tirishga uringan odam qattiq yiqiladi”: Medvedev Pashinyanni ogohlantirdi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuv siyosatini tanqid qilib, bu mamlakat uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda RBK yozmoqda.

 

Medvedevning fikricha, Yerevan bir vaqtning o‘zida ham Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi (YOII) imtiyozlarni saqlab qolish, ham Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni chuqurlashtirishga urinmoqda.

 

“Ikki stul orasida o‘tirishga urinayotgan odam qattiq yiqilishi mumkin”, — deb yozdi u “Maks” platformasidagi kanalida.

 

Rossiyalik siyosatchi Armaniston hukumati Rossiya gazining amaldagi narxlarini saqlab qolishga umid qilayotganini ham qayd etdi. Uning aytishicha, hozir Rossiya Armanistonga gazni ming kub metriga 177,5 dollardan yetkazib bermoqda, holbuki Yevropada 2026-yil may oyidagi birja narxlari 570–590 dollar atrofida bo‘lgan.

 

Medvedev Yevropa gaz narxlariga o‘tilsa, bu Armaniston ichida jiddiy norozilik keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidladi.

 

Avvalroq Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ham Pashinyan siyosatini “Rossiyaga nisbatan do‘stona bo‘lmagan siyosat” deb atagan edi. Unga ko‘ra, Moskva Armanistonga gazni o‘zi uchun zararli shartlarda yetkazib bermoqda.

 

So‘nggi oylarda Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuv siyosatini faollashtirdi. Mamlakat rasmiylari YIga a’zo bo‘lish istagini bildirgan, shuningdek, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi ishtirokini to‘xtatgan.

 

5-may kuni Yerevanda Armaniston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ilk ikki tomonlama sammit bo‘lib o‘tdi.

 

Aprel oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nikol Pashinyan bilan uchrashuvda Armaniston bir vaqtning o‘zida ham Yevropa Ittifoqi, ham Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) doirasida to‘liq ishtirok eta olmasligini bildirgan.

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Ular bir fuqaroni majburan avtomashinaga o‘tqazib olib ketgan, shuningdek, yana bir kishini elektroshoker yordamida hushsizlantirib bo‘lsa ham olib kelish haqida topshiriq olgan.

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Aktrisaning ko‘cha va bekat atrofida tasvirga olgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘lgandi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev 5-6-noyabr kunlari Ostona shahrida bo‘ladi.

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Hodisada bir kishi jarohatlangan edi.

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Maskatda O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi. Unda 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

Hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida yig‘ib olingan.

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

Shuningdek, 396 mln so‘mlik zararni qoplash va 5 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda 8 ta avtobus yo‘nalishi nazoratga olindi.