Jahon

Tramp Eron mojarosi sabab o‘g‘lining to‘yida qatnashmaydi

AQSh prezidenti Eron bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qilish uchun Oq uyda milliy xavfsizlik yig‘ilishi o‘tkazdi.

Tramp Eron mojarosi sabab o‘g‘lining to‘yida qatnashmaydi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan keyingi qadamlarni muhokama qilish maqsadida Oq uyda milliy xavfsizlik bo‘yicha yuqori martabali rasmiylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

CNN ma’lumotiga ko‘ra, yig‘ilishda vitse-prezident J. D. Vens, mudofaa vaziri Pit Hegset hamda boshqa xavfsizlik mas’ullari ishtirok etgan.

 

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv Eron bilan mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etish bo‘yicha davom etayotgan muzokaralar fonida bo‘lib o‘tgan. Biroq yig‘ilish yakunida aniq qaror qabul qilinmagan.

 

CNN manbalariga ko‘ra, muzokaralar sur’atidan norozi bo‘lgan Trampga harbiy harakatlarni qayta boshlash bo‘yicha bir nechta variantlar taqdim etilgan. AQSh rahbari avvalroq Fors ko‘rfazi davlatlari iltimosi bilan ehtimoliy zarbalarni vaqtincha ortga surgani haqida aytgan edi.

 

Shuningdek, Tramp Nyu-Jersida rejalashtirilgan dam olish safari va o‘g‘lining Bagama orollaridagi to‘yida ishtirok etishni bekor qilgan. U bu qarorini “hukumat ishlari va Amerika manfaatlari” bilan izohlagan.

 

“Menimcha, aynan shu muhim paytda Vashingtonda, Oq uyda qolishim zarur”, — deb yozgan u Truth Social tarmog‘ida.

 

Ayni paytda AQShning Eron bo‘yicha keyingi qadamlari qanday bo‘lishi hozircha noma’lumligicha qolmoqda. Manbalarga ko‘ra, Vashington diplomatik yo‘l bilan kelishuvga erishish imkoniyatini ham saqlab qolmoqda.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.