1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1 kg taqinchoqni jinsiy aʼzosiga yashirgan ayol ushlandi

U shu tariqa chegaradan 1 mlrd so‘mlik taqinchoq olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

1 kg taqinchoqni jinsiy aʼzosiga yashirgan ayol ushlandi

“Navoiy” chegara bojxona postiga piyoda kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtda uning xatti-harakatlarida shubhali holatlar kuzatilgani sababli shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

 

Ko‘rik natijasida fuqaroning ichki jinsiy aʼzolari ichida og‘irligi 1 013 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur oltin buyumlarining umumiy qiymati 1 milliard 100 million so‘mni tashkil etdi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli protsessual harakatlar amalga oshirilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlarisiz, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика