Henley & Partners xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan “Dunyoning eng boy shaharlari 2025” hisobotiga ko‘ra, Monako 2025-yilda dunyodagi eng qimmat shahar sifatida birinchi o‘rinni egalladi.
Maydoni atigi 2 kvadrat kilometrdan biroz oshadigan ushbu knyazlikda aholining 40 foizga yaqini millioner hisoblanadi. Mulk narxi esa kvadrat metr uchun 38 800 dollardan yuqori.
Ikkinchi o‘rinda Nyu-York (27 500 $/m²), uchinchi o‘rinda Gonkong (26 300 $/m²) va to‘rtinchi o‘rinda London (24 000 $/m²) joylashgan.
Fransiyadagi Saint-Jean-Cap-Ferrat kurort shahrida mulk narxlari 21 200 dollardan boshlanadi. Bu Parijdan (20 400 $/m²) ham qimmatroq. Yettinchi o‘rinda esa Sidney (Avstraliya) bor — 19 500 $/m².
Eng qimmat shaharliklar ro‘yxatida yana quyidagilar ham bor:
Palm-Bich (Florida)
Mayami-Bich (Florida)
Los-Anjeles (Kaliforniya)
Hisobotda ta’kidlanishicha, reytingda eng ko‘p shahar bilan Fransiya yetakchilik qiladi: Parij, Saint-Jean-Cap-Ferrat, Nitssa, Kann, Antibes va Eze. Keyingi o‘rinlarda AQSh, Shveytsariya (Jeneva va Lugano) va Italiya (Portofino va Porto Servo) keltirilgan.


