1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Abror Muxtor Aliy jamoat faoli Hamid Sodiqqa tahdid qilgani aytilmoqda

30 nafar jurnalist, advokat, olim va jamoat faollari tegishli tashkilotlardan Abror Muxtor Aliyga nisbatan huquqiy baho berishini so‘ramoqda.

Abror Muxtor Aliy jamoat faoli Hamid Sodiqqa tahdid qilgani aytilmoqda

 

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning o‘zbek segmenti baʼzi masalalarda ikki toifaga bo‘lindi.

 

Tarmoq foydalanuvchilar baʼzilar siyosatshunos Hamid Sodiqni himoyalasa, boshqalari, Abror Muxtor Aliyni himoya qilishmoqda.

 

Xususan, sobiq deputat Rasul Kusherbayev ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi: “O‘zbekiston – Konstitutsiyaga ko‘ra, huquqiy, demokratik, dunyoviy davlat. Insonlarning erki, shaʼni va qadr-qimmati, erkin fikri, diniy erkinligi, fikrlash erkinligi davlat tomonidan qatʼiy himoya qilinishi kerak. Jumladan, so‘z va fikr erkinligi uchun din nomi bilan ommaviy sazoyi qilishga, O‘zbekiston konstitutsiyaviy tizimida yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Abror Muxtor Aliyning ushbu va boshqa chiqishlarida O‘zbekiston Konstitutsion tizimiga, uning qadriyatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuz ko‘rinib turadi, insonlarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirganlik uchun sazoyi qilish holatlari juda ko‘p uchraydi”, — deb yozadi Kusherbayev.

 

Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov Abror Muxtor Aliyning bu gaplariga huquqiy baho berilishi kerakligini aytmoqda.

 

Hozirgi vaqtda 30 nafar jurnalist, advokat, olim va jamoat faollari Muxtor Aliy tegishli tashkilotlardan Muxtor Aliyga nisbatan huquqiy baho berishni so‘ramoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика