Afg‘oniston bilan Pokiston chegarasida otishma yuz berdi. Oqibatda Pokiston tomonidan bir kishi halok bo‘lgan va yana 15 kishi yaralangan.
Afg‘oniston hududidan chegarachilar Chaman tumanidagi tinch aholi punktini o‘qqa tutgan va tinch aholi jabrlangan. Pokiston chegarachilari og‘ir artilleriya bilan javob qaytargan.
Manbalarga ko‘ra, mojaro Tolibon Shiro Ubu hududida nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatmoqchi bo‘lganidan keyin boshlangan va Pokiston harbiylari bunga to‘sqinlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 11-dekabr kuni transchegaraviy otishmada olti nafar Pokiston fuqarosi halok bo‘lgandi, yana 17 nafari yaralangan. Tolibon esa bir kishi halok bo‘lgani va 13 kishi yaralangani haqida xabar bergan.


