1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Afg‘onistondan Tojikistonga qurolli hujum uyushtirildi

Hujum oqibatida xitoyliklar halok bo‘lgan.

Afg‘onistondan Tojikistonga qurolli hujum uyushtirildi

26 noyabrga o‘tar kechasi Afg‘oniston hududidan Tojikistonning Xatlon viloyatidagi “Yo‘l” chegara otryadiga qarashli “Istiqlol” 1-chegara posti hududidagi “Shoxin SM” korxonasi xodimlari bazasiga qurolli hujum uyushtirildi.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, hujum o‘qotar qurollar va granatalar bilan jihozlangan dron yordamida amalga oshirilgan. Oqibatda xitoylik bir necha shaxs halok bo‘ldi.

 

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bu jinoiy harakatlarni qat’iyan qoraladi va Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatini ikki qo‘shni davlat chegarasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rishga chaqirdi.

 

Mazkur hodisa mintaqada xavfsizlik masalalarining hanuz dolzarb ekanini ko‘rsatmoqda va chegaraviy hududlarda qo‘shimcha xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurligini eslatadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика