"Everton" futbolchisi Demaray Grey faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi. "Al-Ittifoq" klubi futbolchining sotib olinganini e’lon qildi.
Grey yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekkan. U allaqachon tibbiy tekshiruvdan o‘tgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli yamaykalik futbolchi "Everton"ga "Bayer"dan kelib qo‘shilgandi.


