“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov Toshkent va boshqa shaharlarda havo sifatining tanqid qilinishiga o‘z munosabatini bildirdi.
Qodirov o‘z postiga O‘zgidrometning havo ifloslanishiga oid sabablar haqidagi ma’lumotini ilova qilib, ayrim “ekspertlar”ning hukumatni bevosita ayblashini asossiz deb atadi. Uning fikricha, mutasaddi idoralar bunday chalg‘ituvchi taxminlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
“Dunyoning hech bir hukumati tabiat jarayonlarini boshqara olmaydi. Odamlarni noto‘g‘ri xulosalarga yetaklash to‘g‘ri emas”, — dedi u.
Qodirov qo‘shimcha qilganidek, o‘zbekistonliklar har doim tabiatga hurmat bilan munosabatda bo‘lib kelgan va jamiyatdagi totuvlik, tartib va mas’uliyat muhim omil bo‘lib qoladi.


