Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Asaka tumanidagi dehqon bozorida daraxt kesish va noqonuniy tarzda do‘konlar qurilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga viloyat hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Asakadagi “Birdamlik” MFYda 3 dona Dub daraxtlarining o‘suv nuqta qismidan shoxlari kesilganligi va hech biri to‘liq kesilmaganligi aniqlangan. Ushbu holat bo‘yicha fuqoro A.U.ga nisbatan MJTKning 79-moddasi bilan tegishli jazo chorasi ko‘rilgan.
“Shuningdek, qurilayotgan yengil konstruksiyali ikkita do‘kon buzildi. Bozor hududini tartibga keltirish ishlari olib borildi”, — deyiladi xabarda.


