Bugun, 30 sentyabr kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida reklama bannerini o‘rnatayotgan erkakni tok urdi.
Qayd etilishicha, “Shodlik” elektr uzatish tarmog‘ining 10 kv havo tarmog‘i yonida joylashgan reklama bannerida hech qanday ogohlantirishlarsiz fuqaro tomonidan banner yopishtiralayotgan vaqtda fuqaro favqulodda tokka tushgan.
Shundan so‘ng Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor guruhi tomonidan fuqaro qutqarib olindi va Markaziy shifoxonaga yuborilgan.
Ayni vaqtda ushbu fuqaroning holati yaxshi, u shifokor nazoratida.


