1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda “Tungi kapalak” 10-sinf o‘quvchisi bo‘lib chiqdi

Qiz so‘nggi yillarda dars mashg‘ulotlarida muntazam qatnashmagan. Shu bois u 10-sinfda qoldirilgan va bu o‘quv yilida ham sababsiz darslarni qoldirish holatlari kuzatilgan.

Andijonda “Tungi kapalak” 10-sinf o‘quvchisi bo‘lib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida voyaga yetmagan qizning nojo‘ya holatda tasvirlangan suratlari tarqalganidan so‘ng, holat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

 

Andijon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xabariga ko‘ra, mazkur suratlarda aks etgan shaxslardan biri 2008-yilda tug‘ilgan, shahar hududidagi 10-umumta’lim maktabining o‘quvchisi ekani aniqlangan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur fotosuratlar 2024-yil yoz oylarida olingan bo‘lib, o‘quvchi so‘nggi yillarda dars mashg‘ulotlarida muntazam qatnashmagan. Shu bois u 10-sinfda qoldirilgan va bu o‘quv yilida ham sababsiz darslarni qoldirish holatlari kuzatilgan.

 

Ta’lim muassasasi rahbariyati va tegishli idoralar tomonidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Hozirda holat ijtimoiy xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilmoqda. Qiz “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi”ga joylashtirildi.

 

Mas’ullar voyaga yetmaganlar bilan ishlashda tarbiyaviy, psixologik va ijtimoiy yordamni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilayotganini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика