Angren shahrida aholiga ajratilgan un mahsulotini sotib yuborgan soxta tadbirkorlar aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqarolar M. A. va T. B. soxta tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, T. ismli shaxsning nomiga “Q. S.” va “K. A.” MCHJni tashkil etishib, ushbu MCHJlarga davlat resurslari hisobidan ajratilgan 369 mln so‘mlik jami 148 tonna un mahsulotini belgilangan dislokatsiyaga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri arzonlashtirilgan narxlarda sotilishini ta’minlamasdan, boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 179-moddasi ( soxta tadbirkorlik), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


