1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Ukrainaga qo‘shimcha 12 milliard dollar ajratadi

Kongressmenlar bunga o‘z roziligini bildirgan.

AQSH Ukrainaga qo‘shimcha 12 milliard dollar ajratadi

 

AQSH Kongressi aʼzolari Ukrainaga qo‘shimcha 12 milliard dollar yordam ajratilishiga rozi bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

 

3 sentyabr kuni Jozef Bayden Kiyev uchun yangi yordam paketini ajratilishini so‘rab Kongressga murojaat qilgandi. Bu mablag‘ 2023 moliyaviy yilining birinchi choragida taqdim etiladi. Oq uy maʼlumotlariga ko‘ra, moliyaviy yordam yangi qurollar sotib olish va Ukraina iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi.

 

Reuters‘ning qo‘shimcha qilishicha, kongressmenlar 1 oktyabrga qadar bu bo‘yicha qonun loyihasini ko‘rib chiqadi.

 

19 sentyabr kuni Ukraina byudjetiga Jahon banki maqsadli fondi orqali Vashington 1.5 milliard dollar taqdim etgandi. Ushbu dastur doirasida Kiyev jami 4.5 milliard dollar oldi. AQSH hukumati 24 fevraldan buyon ukrainaliklarga 18 milliard dollar ajratgan.

 

Avvalroq Vashington Ukraina fuqarolari xavfsizligini taʼminlash uchun 457 million dollar taqdim etgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика