1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShda COVID-19 dan ham xavfliroq virus tarqalmoqda

Joriy mavsumning o‘zida 7,5 milliondan ortiq kasallanish holati qayd etilgan.

AQShda COVID-19 dan ham xavfliroq virus tarqalmoqda

 

Qo‘shma Shtatlarda adenovirus infeksiyasining xavfli shakli bilan bog‘liq holatlar ko‘payayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mutaxassislar ayrim manbalarda ushbu virus “COVID-19dan ham xavfliroq” deya baholanayotganini qayd etib, vaziyatni jiddiy nazorat ostiga olish zarurligini ta’kidlamoqda. Bu haqda american focus nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, adenovirus alomatlari dastlab oddiy shamollash yoki grippga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Biroq kasallik qisqa vaqt ichida nafas olish tizimi, ko‘rish a’zolari, buyraklar va boshqa muhim organlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli bor. Virus yuqori darajada yuqumli bo‘lib, odamdan odamga tez yuqadi va ayniqsa sovuq mavsumda faolroq tarqaladi.

 

Rasmiy idoralar vaziyatni COVID-19 pandemiyasining dastlabki bosqichlari bilan qiyoslab, ehtiyot choralarini kuchaytirish lozimligini bildirmoqda. Ularning ta’kidlashicha, holatni kam baholash yangi global sog‘liqni saqlash inqiroziga olib kelishi mumkin.

 

Xabarlarda ushbu virus gripp bilan kasallanish holatlarining keskin oshishiga asosiy omillardan biri bo‘lgani aytilmoqda. Joriy mavsumning o‘zida 7,5 milliondan ortiq holat qayd etilgan, 81 ming kishi shifoxonaga yotqizilgan va 3 100 dan ziyod o‘lim holati ro‘y bergan. Hozirda virusning kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruvlar olib borilmoqda, uning sun'iy ravishda yangi turdagi biologik qurol sifatida yaratilganligi ehtimolini istisno qilmayapti.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика