1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda tuxum xaridorlarga 3 donadan sotilmoqda

Bunga parranda gripi va narxlarning keskin oshishi sabab bo'lmoqda.

AQSHda tuxum xaridorlarga 3 donadan sotilmoqda

 

AQShda tuxum tanqisligi yuzaga kelgani sababli, ba’zi savdo do‘konlarida xaridorlarga bir safar uchun atigi 3 dona tuxum sotilmoqda. Holat, ayniqsa, Pasxa bayrami arafasida aholining kundalik ehtiyoji va an’anaviy marosimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Ma'lumotlarga ko'ra, Pasxa bayramida odatda bolalar va oilalar tuxumlarni rangga bo‘yab bayram qilishadi. Biroq bu yil tuxum topish qiyinlashgani sababli, amerikaliklar kartoshkani bo‘yab, bayramona muhitni saqlab qolishga urinmoqdalar.

 

Mutaxassislarning fikricha, tanqislikka bir nechta omillar sabab bo‘lmoqda:

 

– parranda gripi tufayli millionlab tovuqlar nobud bo‘lgan;

– oziq-ovqat narxlarining oshishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlar holatni yanada og‘irlashtirgan.

 

Ayni damda tuxum narxlari keskin oshgan va ko‘plab hududlarda cheklovli savdo tizimi joriy etilgan. Voqeaga munosabat bildirgan ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa hazil tariqasida "tuxum endi hashamatli mahsulotga aylandi", deya fikr bildirishmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика