1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHning keyingi prezidenti kim bo‘lishi mumkin?

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bu bo‘yicha prognozlarini aytdi.

AQSHning keyingi prezidenti kim bo‘lishi mumkin?

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio mamlakatning amaldagi vitse-prezidenti Jey Di Vensni kelgusi prezidentlik saylovlariga nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng kuchli shaxs sifatida tilga oldi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

 

“Menimcha, agar u nomzod bo‘lishga qaror qilsa, Amerika Qo‘shma Shtatlari vitse-prezidenti Jey Di Vens keyingi Respublika partiyasidan nomzod bo‘ladi”, — dedi Rubio. U, shuningdek, Vensni yaxshi do‘sti deb atab, uning ishini yuqori baholadi. Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Vens hozirgi prezidentning jamoasida faoliyat yuritib, Donald Trampning siyosiy kun tartibini amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

 

So‘nggi oylarda J.D. Vensning siyosiy kelajagi keng muhokama qilinmoqda. Trump 2025 yil avgust oyida uni MAGA (Make America Great Again) harakatining “eng ehtimoliy vorisi” deb atagan. Reuters va Newsweek manbalariga ko‘ra, aynan Vens va Rubio Trampdan keyin Respublikachilar partiyasida asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

 

Shuningdek, Vens ilgari, agar Trampga nimadir bo‘lsa, prezidentlik lavozimini egallashga tayyor ekanini bildirgan. Siyosiy sharhlovchilar fikricha, uning vitse-prezidentlik davri uning tajribasini oshirib, saylovchilar oldida obro‘sini mustahkamlashi mumkin.

 

Rubio esa hozircha o‘zini nomzod sifatida ko‘rmasligini, ammo Vensni “kuchli va istiqbolli” siyosatchi deb bilishini aytmoqda. Shu tariqa, Respublika partiyasi ichida 2028 yilgi prezidentlik saylovlariga oid dastlabki taxminlar allaqachon yuzaga kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика