Prezidentning 2024 yil 19 iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi.
Jumladan, bakalavr kunduzgi taʼlim shakliga – 34 838 nafar, magistratura bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.


