1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden alanga ichida qolgan Gavayiga borishi mumkin

Orolda ofat qurbonlari soni 100 ga yaqinlashdi.

Bayden alanga ichida qolgan Gavayiga borishi mumkin

 

AQSH prezidenti Jo Bayden yong‘inlarda kamida 93 kishi halok bo‘lgan Maui oroliga tashrif buyurishi mumkinligini aytdi.

 

“Biz buni ko‘rib chiqyapmiz”, – deya javob berdi Amerika rahbari jurnalistning Mauiga safari ehtimoli haqidagi savoliga. Bayden dam olish kunlarini Delaver shtatidagi Rexobot-Bichda o‘tkazmoqda. Ofat zonasiga qachon borishi esa hozircha nomaʼlum.

 

Gavayi gubernatori Jon Grin shanba kuni oroldagi yong‘inlar Qo‘shma Shtatlardagi eng halokatli yong‘inga aylanganini aytdi. Mauida o‘rmon yong‘inlari 9 avgust kuni boshlangan edi. Kuchli shamol tufayli yong‘in tezda Laxayna sayyohlik shaharchasiga o‘tgan.

 

AQSH Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, oroldagi yong‘inlardan keyin tiklash ishlari taxminan 5,52 milliard dollarga tushadi.

 

AQSH Kongressi Vakillar palatasi aʼzosi Marjori Teylor-Grin avvalroq Vashington maʼmuriyati Gavayini qo‘llab-quvvatlash zarurligini unutib, Ukrainaga harbiy yordam uchun katta mablag‘ ajratilayotganini tanqid qilgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика