1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Baydenning Yevropaga tashrifi arafasida Rossiyaning rejasi bor

Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Baydenning Yevropaga tashrifi arafasida Rossiyaning rejasi bor

 

AQSH prezidenti Jo Baydenning Yevropaga tashrifini buzish uchun Rossiya yadroviy shantajni kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka bosh boshqarmasi maʼlum qildi.

 

Razvedka Rossiya strategik yadroviy kuchlarning tarkibiy qismlarini dengiz va quruqlikdagi ballistik raketalarni, shuningdek, havodan uchiriladigan qanotli raketalarni uchirish uchun tayyorlayotganini tasdiqladi.

 

“Bundan tashqari, ruslar Tambov aviabazasida uzoq masofali aviatsiya qo‘mondonligining yordamchi qo‘mondonlik punktini joylashtirdi. Rossiyaning bu harakatlari Jo Baydenning 20–22 fevral kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Yevropaga tashrifini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yadroviy shantaj orqali oldini olishga va Ukrainaga xalqaro qo‘llab-quvvatlashni zaiflashtirishga urinishdir”, — deyiladi vazirlik xabarida.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика