Internet tarmoqlari orqali onlayn sotilayotgan, ozish uchun moʻljallangan quyidagi mahsulotlarni realizatsiya qilish va saqlash taqiqlanishi haqida maʼlum qildi.
▪️ “Reborn Ultimate”
▪️ “Lipotrim Ultra”
▪️ “Seksualnaya figura”
▪️ “Al-Sheikh”
▪️ “Fatzorb”
▪️ “Fatzorb Ultra”
▪️ “Fatzorb Plus”
▪️ “Spirulina”
▪️ “Arabic”
▪️ “Reduksin Layt”
▪️ “Kod S”
▪️ “Shafran diyet”
▪️ “Gold Puma”
▪️ “Blokator jira”
▪️ “Hot pepper”
▪️ “Fermentaiz”
▪️ “Lipoksin dlya poxudeniya”
▪️ “Kuaymыy Extra”
▪️ Slim ultra (Samyun Wan)
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy yoʻllar bilan kirib kelgan va Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu mahsulotlar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyalarida tekshirilganda ularning tarkibida sibutramin moddasi mavjudligi aniqlangan.
Maʼlumot uchun, mazkur modda mamlakatimizda kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan.
Garchi sibutramin Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 818-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan boʻlsa-da, ammo ushbu modda mavjud boʻlgan yuqoridagi 19 turdagi mahsulot dori vositasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan.


