1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Blinken: Eron yadro kelishuvini ortga surmoqda

Diplomat Tehronning pozitsiyasi muzokaralarni qiyinlashtirayotganini aytgan.

Blinken: Eron yadro kelishuvini ortga surmoqda

 

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Eronni yadro kelishuviga qaytishni istamaslikda aybladi. Diplomat Tehronning pozitsiyasini “ortga qaytish” deb atagan.

 

Davlat kotibining fikricha, Eronning harakatlari yaqin istiqbolda kelishuvga erishish ehtimolini kamaytirmoqda.

 

“Eron kelishuvga erishmaslik uchun yo hech narsa qila olmaydi, yoki buni istamaydi. U muzokaralarni ikkinchi darajali masalalarga burib yuborishga harakat qilmoqda”, – degan Blinken Meksika TIV rahbari Marselo Ebrard bilan uchrashuvi davomida.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2015 yilda Eron va AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya hamda Xitoy o‘rtasida "Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi" imzolangan. Unga ko‘ra, Tehron yadro quroli ishlab chiqishdan voz kechishi, G‘arb esa iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishi lozim edi. Ammo 2018 yilda AQSH bu kelishuvdan chiqib ketdi.

 

Jozef Bayden AQSH prezidentiga aylangach, kelishuvni qaytib tiklash tashabbusi bilan chiqdi. 2021 yildan boshlab Venada sakkiz raundli muzokaralar o‘tkazildi. 11 mart kuni tomonlar tashqi faktorlar tufayli tanaffus oldi. Unga asosiy sabab qilib Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi ko‘rsatilmoqda. Bunga qadar muzokaralar final bosqichiga chiqqan va fevral oxirida yakunlanishi kerak edi.

 

Avvalroq Eron barcha texnologiyalarga ega bo‘lsa-da, atom bombasi yaratish niyati yo‘qligini maʼlum qilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика