1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugun Toshkentda yo'lovchi avtobusi yonib ketdi

Hodisa Yakkasaroy tumani "Rakat" mahallasida sodir bo'lgan.

Bugun Toshkentda yo'lovchi avtobusi yonib ketdi

 

Bugun, 29-aprel kuni soat 13:54 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani "Rakat" mahallasi “Muqumiy” ko‘chasida 2-yo‘nalishdagi  harakatlanib ketayotgan  “Mercedes-Benz” rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

 

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 14:01 da yetib borib, yong‘in soat 14:08 da o‘chirilgan.

 

Yong‘in oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика