1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxorodagi YTHda 8 kishi halok bo‘ldi

To‘qnashuv Damas va yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan.

Buxorodagi YTHda 8 kishi halok bo‘ldi

 

Bugun, 9 sentyabr kuni Buxoro viloyatining Romitan tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

 

Holat soat 06:48 larda Buxoro-Xorazm yo‘lida yuz bergan. Namanganlik haydovchi Damas boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan FAW rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.

 

Avtohalokat oqibatida 3 nafar fuqaro voqea joyida va 5 nafari shifoxonada vafot etgan. Vafot etganlarning barchasi Namangan viloyatidan bo‘lib, ular orasida 9 yoshli qizaloq ham bo‘lgan. Voqea joyiga prokuratura, FVB, IIB, SSB hamda tezkor tergov guruhi xodimlari chiqishgan.

 

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilayotgani xabar qilindi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика