1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Davlat funksiya-vakolatlarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti xabar berdi.

Davlat funksiya-vakolatlarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi belgilandi

 

 

Unda aytilishicha, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi vakolatli organ hisoblanib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili 15-fevralgacha davlat boshqaruvidagi samarasiz hamda eksklyuziv funksiyalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazadi. 20-martgacha aniqlangan samarasiz davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish imkoniyatini tahlil qiladi.

 

Bundan tashqari, 20-maygacha xususiy sektorga o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lgan davlat funksiyalarining iqtisodiy samaradorligini tahlil qiladi hamda xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalarining yakuniy ro‘yxatini shakllantiradi.

 

1-iyulgacha davlat funksiyalariga o‘xshash bo‘lgan faoliyatga ega xususiy sektor subyektlarining dastlabki ro‘yxatini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazib, shakllantiradi.

 

Shuningdek, 1-avgustgacha xususiy sektorga o‘tkazish tavsiya etilgan davlat funksiyalari ro‘yxatini tuzadi va tegishli xulosalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

 

1-oktabrgacha Hukumat tomonidan maʼqullangan davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi.

 

Yuqorida belgilangan vazifalar hisoboti uchun Davlat funksiyalarining yagona ro‘yxatga olish kitobini shakllantirish va yuritib borishga qaratilgan elektron maydoncha yaratiladi.

 

Davlat funksiyalari autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish hamda boshqa mexanizmlarni qo‘llagan holda xususiy sektorga o‘tkaziladi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotlar faoliyati qonuniylashtirilishi, yer uchastkalarini xususiy sektorga mulk huquqi bilan berish tartibi kuchga kirishi hamda kelgusida xususiy sektorni taʼlim sohasiga jalb qilish ustuvor vazifa sifatida qayd etilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика